So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
“Stress reaksiyalarni qoʻzgʻatadi” – Konditsionerdan foydalanish oqibatlari aytildi
Yozning jazirama kunlari barchamiz salqin va bahavo joy izlaymiz. Tabiiyki, bunday paytda konditsioner haqiqiy xaloskorga aylanadi. Biroq undan muntazam va notoʻgʻri foydalanish turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

— Issiq kunlarda konditsionerning salqin havo oqimi, ayniqsa, goʻdaklar va yoshi katta kishilarga ijobiy taʼsir etadi, — deydi tibbiyot fanlari nomzodi Durdona Alimova.
— Sababi ularda tanani sovitish tizimi mukammal boʻlmaydi. Biroq bu qurilma tagida uzoq vaqt oʻtirish har qanday inson salomatligida salbiy oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi.
Eng avvalo, konditsionerdan muntazam foydalanish tufayli xonada namlik yoʻqolib, yopiq deraza va eshiklar sharoitida havo kislorod bilan toʻyinmaydi. Bu esa vaqt oʻtishi bilan terining quruqlashib, yuzda ajinlar paydo qiladi. Qolaversa, terining doimiy quruqligi uning tashqi qatlamiga salbiy taʼsir etib, qichishish yuzaga keladi.
Shuningdek, salqin xonadan issiq joyga chiqish, yaʼni ikki xil ekstremal harorat tanada stress reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu oʻz navbatida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini qoʻzgʻashi mumkin.
Qolaversa, qon bosimi odatda issiqdan koʻra, sovuq havoda yuqori boʻladi. Chunki, salqin harorat qon tomirlarining siqilishi va spazmlarga olib keladi. Shunday ekan konditsioner tagida uzoq vaqt oʻtirish sistolik va diastolik qon bosimini koʻtaradi. Shu boisdan xona harorati tashqi havodan keskin farq qilmasligi, yaʼni 5-7 daraja past boʻlishi maqsadga muvofiq.
Konditsionerning yana bir salbiy tomoni, u tana haroratini tushirib yuboradi. Oqibatda bronxit, tomoq, bel va boʻyin ogʻriqlari yuzaga keladi. Ayniqsa, qurilmaning sovuq havosi insonga toʻgʻri yoʻnaltirilsa, nafas yoʻllari va mushaklar shamollashi, hatto, zotiljam kelib chiqishi mumkin.
Shu bois undan foydalanganda eng past haroratga qoʻymaslik (xonadon va ofislarda oʻrnatiladigan konditsionerlarda +18 va +20 daraja oraligʻidagi harorat eng qulay hisoblanadi) va salqin havo oqimining xona boʻylab bir tekis tarqalishiga eʼtibor qaratish zarur.
Bundan tashqari, konditsionerlarda nafas tizimi infeksiyalarini qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar toʻplanib, bu holat allergik kasalligi bor insonlarga salbiy taʼsir etishi mumkin. Shu sababli uning tozaligiga doimo eʼtibor qaratish va filtrlarni tez-tez tozalab turish lozim.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati




Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir

