Qidirish

01:03 / 2023-05-03 1264 7 Maqolalar

Fargʻonadagi “FEYXAN TEKS” klasterining fermerlarga 29 mlrd qarzi borligi aytildi. Fermerlar 2023-yil uchun boykot eʼlon qilishmoqchi...

Fargʻona viloyati Furqat tumanida 2022-yil paxta xosili hisobidan yakuniy toʻlovlarni undirolmayotgan fermerlar 2023-yil qarzdor klasterga paxta xom-ashyosini topshirmoqchi emas. Chunki, bunga yetarli sabablar bor.

world-news

Maʼlumki, davlat rahbari qishloq xoʻjaligida zanjir tizimini yaratishda klasterlar faoliyatiga urgʻu berganida klasterlar – bu daladan isteʼmolchigacha boʻlgan jarayonni nazarda tutgan edi.

Lekin, ushbu tizimdan faqat oʻz manfaati uchun foydalanayotgan ayrim klasterlarning jiddiy kamchiliklari natijasida fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligida xosildorlikni oshirish va samaradorlikka erishishga boʻlgan ishtiyoqi va maqsadlarini soʻndirishmoqda.

Xususan, Fargʻona viloyati Furqat tumanida faoliyat yurituvchi “Feyxan teks” MCHJ paxtachilik klasteri 2022-yil fermerlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarishda bir qator jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyishni boshladi:

– fermer xoʻjaliklarining 2022-yil klasterga topshirgan paxta xom-ashyosi uchun yakuniy toʻlov muddati 2022-yil 31-dekabrga qadar deb belgilangan boʻlsada, shu kunga qadar xududdagi xoʻjaliklardan 29 mlrd qarzi toʻlab berilmadi.

– shartnomada belgilangan muddatlarda boʻnak mablagʻlari ajratilmasligi va kechikishi, soʻralgan boʻnak toʻlovlariga mablagʻ mavjud emasligini sabab qilib, xususiy korxonalar bilan kelishuvga erishib, ular tomonidan maxsulot (mineral oʻgʻit, yoqilgʻi va kimyoviy vosita) lar sunʼiy oshirilgan narxlarda yetkazib berila boshladi.

Oʻz mablagʻlari mavjud emasligi yoki klasterdan avans mablagʻlari ajratilmaganligi sababli fermer xoʻjaliklari ushbu taʼminotchi korxonalardan qimmat maxsulotlarni olishga majbur boʻlgan. Ayrim korxonalar moddiy manfaatdorlik ustunligi bois Furqat tumani bilan oraliq masofa 80-90 kilometr boʻlishiga ham qaramasdan yoqilgʻi yetkazib berish bilan shugʻullanib kelmoqda.

– taʼminotchi korxonalardan qarz toʻlovlari toʻgʻridan-toʻgʻri shu korxonalar xisobiga xoʻjaliklar ruxsatisiz uchinchi shaxs foydasiga oʻtkazib berish sxemalaridan foydalanila boshlandi. Fermer xoʻjaliklarining soliq va majburiy toʻlovlardan qarzi qolib, ularning xaqdorligini uchinchi shaxs foydasiga fermer xisobraqamidan emas, balki klaster tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazib berish hollari koʻpaygan.

– 2022-yil fʼyuchers shartnomalarida xoʻjaliklar tomonidan kamida 15 kun oldin agrotexnik tadbirlar yoʻnalishlari va summasi qayd etilgan talabnoma yuborilishi va shu yuborilgan talabnoma asosida boʻnak ajratilishi nazarda tutilgan.

Lekin, “Feyxan teks” MCHJ tomonidan talabnomalarning xech biriga Oʻzbekiston Respublikasi “Murojaatlar toʻgʻrisida”gi qonuni talablariga amal qilmagan holda javob berilmagan. Natijada fermer xoʻjaliklari vegetatsiya davrida oʻz vaqtida boʻnak ajratilmaganligi sababli koʻp xosil yoʻqotishgan.

– Furqat tumanida paxtachilik bilan shugʻullanuvchi 98 nafar fermer xoʻjaliklari “Feyxan teks” MCHJga nisbatan iqtisodiy sudga daʼvo kiritgan. 2022-yilda fermer xoʻjaliklari bilan imzolangan shartnomalarni tuman Qishloq xoʻjalik boʻlimidan roʻyxatdan oʻtkazish klaster zimmasiga yuklatilgan boʻlsada, bu klaster tomonidan qasddan amalga oshirilmagan.

Natijada sud jarayonlarida “Feyxan teks” MCHJ tomonidan Vazirlar Maxkamasining 04.09.2003 dagi VM-383-sonli Qarori talablarini vaj qilib, suddan 2022-yil tuzilgan fyuchers shartnomalarini xaqiqiy emas deb topilishini talab qilmoqda va buning natijasida yakuniy hisob-kitoblar boʻyicha asosiy qarzni undirishga sud qarori chiqarilib, oʻz vaqtida amalga oshirmagan toʻlovlar yuzasidan shartnoma boʻyicha hisoblangan penya va jarima toʻlovlarini qanoatlantirilmayapti.

Agar bu shartnomalar haqiqiy boʻlmasa, klasterga “Qishloq xoʻjaligini Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi”dan kredit resurslari ajratilishi qanchalik mantiqqa toʻgʻri?!

Hozirgi kunda tumanda faoliyat yurituvchi fermer xoʻjaliklarining soliq va unga tenglashtirilgan toʻlovlardan juda katta miqdorda majburiyatlari mavjud.

Natijada Furqat tuman MIB undiruv uchun qaror bilan xoʻjaliklarning mulki (bino-inshootlari, transport vositalari, qishloq xoʻjalik texnikalari va boshqalar)ga nisbatan taʼqiqlar, DSQ tomonidan QQS guvohnomasini toʻxtatish va boshqa taʼsir choralari qoʻllanilmoqda.

Shuningdek, aprel oyida Fargʻona viloyati davlat soliq inspeksiyasi tomonidan 30 dan ortiq fermer xoʻjaliklariga 2022-yil topshirilgan paxta xom-ashyosini uchun belgilangan qoʻshimcha qiymat soligʻi va boshqa soliqlarni toʻlash imkoniyati yoʻqligi sababli bankrotlik holatini qoʻllash toʻgʻrisida ogohlantirish yuborilgan.

Respublikaning boshqa hududlarida fermerlar 2023-yil uchun paxta klasterlaridan boʻnak olayotgan paytda, 2022-yil uchun pulini ololmayotgan Furqat tumani fermerlari yana oʻsha qarzdor klasterga qanday ishonib shartnoma tuzishi mumkin?! 2023-yil ham huddi shunday maummolar boʻlmasligiga kim kafolat beradi?

Izohlar 5

Маъмуржон Бозоров
2023-May-03 07:37
Барчани кўз ўнгида Фейхан текс МЧЖ сўнаётган корхонага ўхшаб кўринади, аслида Фейхан текс МЧЖ ёки унинг таъсисчиси иштирокидаки корхоналарни хам ўрганиш керак. Чунки, Фейхан текс МЧЖнинг қарзлари асосан Фейхан кластер МЧЖ орқали тўлаб берилмоқда.
Маъмуржон Бозоров
2023-May-03 07:40
Фергана строй сервис МЧЖ орқали томчилатиб суғориш технологияларини ўрнатамиз деб фермерларни қон қақшатиб, ишлар чала ёки тугатилмаган. Лекин, фермерлар кредит хисобидан тўловларни амалга ошириб бўлган. Хатто суд-прокуратура хам ожиз
Жамшид
2023-May-03 09:02
Машенник кластрлар иш урни ташкил килиш урнига сокка килиш дарди.
Сиддиков Кахрамон
2023-May-03 10:42
Фуркат туманига Кластер керак эмас.
Бозоров Хуршид
2023-May-03 21:57
Бечора кластр керак эмас
Fikr bildirish