So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Senlar roʻza tutib, sipo boʻlib yurasanlar. Ishni kim qiladi?” – Koson hokimi roʻzador fermerlarning ogʻzini majburiy ochtirgani aytilmoqda
Qashqadaryo viloyatining Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev roʻzador fermerlarning ogʻzini majburiy ravishda ochdirganligi aytilmoqda.
Bu haqdagi xabarni Oʻzbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook sahifasida yozib qoldirdi.
Maʼlum qilinishicha, Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev 31-mart kuni soat 15:00da majlis oʻtkazgan. Hokim yigʻilishda qishloq xoʻjaligidagi muammolar haqida juda gʻazab bilan nutq soʻzlagan.

«31-mart kuni soat 15 da majlis chaqirgan Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev qishloq xoʻjaligidagi muammolar haqida juda gʻazab bilan nutq irod qildi. Qurgʻoqchilik, yerlarning meliorativ holati va hokazo.
Soʻng yuzida zohir boʻlgan qahr bilan xizmatkorlariga majlis zaliga suv keltirishni buyurdi. “Senlar roʻza tutvolib, sipo boʻlib yurasanlar. Ishni kim qiladi?” deya roʻzadorlarni suv ichishga majbur qildi.
Bu bilan dili vayron boʻlgan roʻzador fermerlarning ona Vatan va uni idora qilayotgan rahbarlarga muhabbati qanchalik ortganini bilmayman, ammo Koson hokimi bu ishi bilan fermerlarni suvga tushirib mamlakatimizni dunyoga tanitgan hokimning rekordini yangiladi.
Adliya boshligʻi boshqa bir rahbar bilan yetim qizlarni zoʻrlayotganda ehtimol bu hol hech kimni ajablantirmas. Ammo shuni tushunyapmanki, bularga yangi konstitutsiya emas, psixdoʻxtir va qamoq zarur», deya yozdi Abdurahmon Tashanov.