So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Open.index” platformasini ishga tushirdi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi YEXHT bilan hamkorlikda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan “Open.index” platformasini ishga tushirdi.
Endilikda har yili 1-aprelga qadar shakllantiriladigan “Ochiqlik indeksi”ning yakuniy baholash natijalari mazkur manba orqali onlayn eʼlon qilib boriladi.
Eʼtiborlisi, platforma orqali Indeksdan oʻrin olgan har bir davlat organi va tashkilotining indikatorlar kesimidagi natijalari bilan batafsil tanishish imkoni yaratildi.
Bu esa ijobiy tajribalarni ommalashtirish, mavjud kamchiliklarni barataf etish boʻyicha zarur choralarni koʻrishga xizmat qiladi.
Mazkur videoda 2022-yil yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan Ochiqlik indeksining toʻliq natijalari:
baholash mezonlari asosida toʻplangan ball;
har bir baholash mezonida umumiy reytingdagi oʻrin;
oʻrtacha va eng yuqori ballar boʻyicha izoh;
har bir baholash mezonlari kesimidagi natijalar bilan qanday tanishish mumkinligi batafsil aks etgan.