So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Sirdaryoda yangi uyning tom qismi oʻpirilib ketdi
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi aralashuvi bilan isteʼmolchiga yangi kvartira berildi.
Sirdaryo viloyatida qurilish pudrat tashkiloti tomonidan fuqaroga subsidiya asosida koʻp qavatli yangi qurilgan uylarning (7 qavatli dom) 7 chi qavatidan uy shartnoma asosida sotilgan.
Qurulish pudrat tashkiloti tomonidan ushbu koʻp qavatli uy qurulish jarayonida loyixa hujjatlariga oʻzgartirish kiritilib tom qismini yengil konstruksiya orqali yopilishi yuzasidan loyixa xujjatlari qilinib, ekspertizadan oʻtkazishga berilgan.

Nazorat qiluvchi tashkilotlar maʼlumotiga koʻra qurilish pudrat korxonasi tomonidan koʻp qavatli uyning tom qismi yopilishi loyixa hujjatlariga asosan yopilmagan boʻlib, bunda tom qismidagi namdan saqlash uchun “Texnonikol XRR” materiali oʻrniga paletelin plyonkalar oʻrantilganiligi hamda tomdagi tuynuklar ochilmay qolganligi sababli tom ostida nam par xosil boʻlib, pastki qavat uylariga sizib kirish holatlari kuzatilgan.

Natijada xonadonning tom qismi oʻpirilib, xonadon ichiga tushgan. Isteʼmolchi tomonidan uyning tom qismi yaroqsizligi toʻgʻrisida eʼtiroz bildirib, ijtimoiy tarmoqqa murojaat yoʻllagan.

Joriy yilning fevral oyida raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar xuquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tegishli organlar bilan oʻrganish ishlari amalga oshirilgan.
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunining 13-moddasiga koʻra:
Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash;
xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplashligi zarurligi koʻrsatib oʻtilgan.
Shundan kelib chiqib boshqarma tomonidan qurulish pudrat korxonasiga ushbu qonuning tegishli 4-13-19 moddalariga asosan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berilgan.
Natijada Qoʻmita aralashuvi bilan isteʼmolchiga boshqa 4 qavatdan maydoni bir xil boʻlgan oʻlchamdagi kvartira berildi. Qurilish pudrat tashkilotiga Qoʻmita vakolati doirasida ish qoʻzgʻatildi.