So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Tarixiy ob’yektga zarar yetkazgan tadbirkor qamoqqa olingan — Madaniy meros agentligi
Xususiy tadbirkor tomonidan turar joy binosiga yetkazilgan zarar natijasida madaniy meros obektining tarixiy, madaniy, badiiy ahamiyatiga jiddiy ziyon yetkazilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri, Mironshoh ko‘chasi, 6-manzilda joylashgan xususiy mulkda bo‘lgan moddiy madaniy meros obektining avariya holatga kelib qolgani yuzasidan ma’lumot tarqaldi. Tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Unga ko‘ra, mazkur turar-joy binosi 2019-yil 4-oktyabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari Milliy ro‘yxatiga kiritilgan va mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy meros obekti hisoblanadi.
2015-yil 10-dekabrda Mironshoh ko‘chasi 4-manzilda “Afrosiyob Xosiyat Begim Makoni” MCHJ tomonidan qurilish ishlari jarayonida og‘ir texnikalarning yurishi, 8-10 metrli kotlavan qazish va qurilish ishlarning olib borilishi natijasida madaniy meros obektining devorlarida yoriqlar paydo bo‘lib, ayrim devorlar yiqilib tushganligi aniqlangan va shu kunning o‘zida dalolatnoma rasmiylashtirilib, jarayonni to‘xtatish so‘ralgan.
Shundan so‘ng xususiy tadbirkorga yana bir necha bor ogohlatirish berilishiga qaramasdan qurilish ishlari davom ettirilib kelingan va buning natijasida madaniy meros obektiga yanada jiddiy zarar yetkazilgan.
2016-yil 1 iyul kuni madaniy meros obektini texnik holati o‘rganilib, dalolatnoma tuzilgan va huquqni muhofaza qilivchi organlarga murojaat qilingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining hukmi bilan Mironshoh ko‘chasi 6-manzilda joylashgan madaniy meros obektining qisman buzilib o‘ta og‘ir avariya holatiga kelib qolishiga sababchi bo‘lgan fuqaro O.Rga nisbatan O‘zR JKning 132-modda, 2-qismi bilan aybli deb topilib qonuniy chora ko‘rilgan.
Xususiy tadbirkor tomonidan turar joy binosiga yetkazilgan zarar natijasida madaniy meros obektining tarixiy, madaniy, badiiy ahamiyatiga jiddiy ziyon yetkazilgan.
Tarixiy mulkka nisbatan jiddiy zarar yetkazgani sababli tadbirkorga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilgan.
“Hozirgi kunda hududiy boshqarma tomonidan avariya holatiga kelib qolgan obektni asrab qolish yoki tarixiy ahamiyatini yo‘qotgan deb topish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.