So`ngi yangiliklar
“Strongmen Games”: Kuchlilar aniqlandi
Turkiyadagi eng maftunkor yaxta manzillari
“Oʻzlaringizga yaxshi boʻlmaydi” – Oqdaryo hokimligi fermerlar pilla rejasini topshirishga majbur ekanligini aytgan “zam” hokimning harakatlarini oqlab chiqdi
Botir Zaripov noqonuniy holatlarning oldini olishni maqsad qilgan – Buxoro hokimligi munosabat bildirdi
“Nevaramning chet elda oʻqishi uchun qanday pul topsam deb uyqularim qochadi” – olmaliqlik faol “Umid” fondi yopilganidan ranjib, yangi taklif bilan chiqdi
Dunyo bilan barobar qadam…
“Antaliya Gambit”: Turk Riviyerasida hayajonli hikoya
Ona farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan
Toshkentda Hi-Tech uslubida qurilgan jome masjidida ilk bor juma namozi oʻqildi
“Tepa” jome masjidining ochilishida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla ishtirok etdi.

Bugun, 10-mart kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Toshkent shahrida Hi-Tech uslubida qayta bunyod etilgan “Tepa” jome masjidining ochilishida ishtirok etib, jamoat bilan ushbu masjiddagi ilk juma namozini ado qildilar. Bu haqda Musulmonlar idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Namozdan avval Muftiy hazratlari yigʻilganlarni Ramazon arafasida munosib tuhfa boʻlgan, qulay va shinam masjid bilan muborakbod etdilar.
Soʻngra Ramazon oyiga munosib tayyorgarlik koʻrish, buning uchun turli gunoh-maʼsiyatlar, gʻiybat-mazammat qilish kabi illatlardan tiyilish kerakliga haqida soʻz yuritdilar. Ayniqsa, gʻiybat, yolgʻon soʻzlash, oʻzgaga tili bilan ham qoʻli bilan ham ziyon yetkazish kabi zararli odatlardan saqlanishga chaqirib, moʻmin kishi Ramazon oyi fazilatlaridan unumli foydalanib qolishi kerakligini alohida taʼkidladilar.
Juma namozi yakunida Muftiy hazratlari Haq taolodan yurt tinchligi, el farovonligini hamda masjid bunyodkorligiga hissa qoʻshgan yurtdoshlarimiz haqqiga xayrli duolar qildilar”, — deyiladi xabarda.
Maʼlumot oʻrnida, “Tepa” masjidining eski binosi 1992-yilda bunyod etilgan boʻlib, yillar davomida bir necha bor taʼmirlangan.
2021-yilga kelib, uni toʻliq qaytadan qurish ishlari boshlab yuborildi. Ikki yil mobaynida masjid zamonaviy Hi-Tech uslubida bunyod etilib, xonaqohi ortiqcha bezaklarsiz, kishi eʼtiborini tortmaydigan darajada, koʻrkam qilib taʼmirlandi.
Hozirda 2000 dan ortiq namozxonni sigʻdira oladigan masjidda asosiy xonaqoh, tahoratxona, kutubxona, maʼmuriyat va boshqa texnik xonalar mavjud boʻlib, ularning barchasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
Yana bir jihati, bugungi davr talabidan kelib chiqib, masjidga quyosh panellari oʻrnatildi. Bu esa masjidni beminnat elektr energiya manbalari bilan taʼminlabgina qolmay, suv va binoni isitish tizimlari ham ushbu qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ulandi. Endilikda masjid ortiqcha sarf-xajatlarsiz energiya manbaiga ega boʻlmoqda.




Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir
