So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Bolgariyada 22 yoshli oʻzbekistonlik qoyatoshlar orasiga qisilib, vafot etdi
Oʻzbekistonlik fuqaro sohilda choʻkayotgan ukrainalik qizni qutqaraman deb, qoyatoshlar orasida qolib ketgan.
Bosh konsulxonaning xabar berishicha, joriy yilning 9-avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahridagi Kavatsite sohilida choʻkayotgan ukrainalik qizni qutqarishga urinish chogʻida halok boʻlgan 22 yoshli Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi J.M.ning jasadi Bolgariya Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmatlari tomonidan suv ostidagi yirik qoyatoshlar orasidan olib chiqilgan.
Hozirda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda marhumning jasadini Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrmoqda.
Fursatdan foydalanib, Bosh konsulxona marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga yana bir bor chuqur hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.