So`ngi yangiliklar
Xizmat itlari haqida nimalarni bilasiz?
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?
Xivada xususiy bogʻcha rahbari tomonidan bola jarohatlandi
Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qoʻlga olindi
Turkiyaning Sardis va Bintepe Lidiya tepaligi YUNESKO Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi
Botir Zokirov stipendiyasi taʼsis etiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “margimush qabristoni” toʻgʻrisidagi xabarlar rostmi?
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Xizmat itlari haqida nimalarni bilasiz?
Joriy yilning 31-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan OAV vakillari uchun huquqbuzarlikka moyil va ijtimoiy xavf ostida boʻlgan oilalarni manzilli oʻrganish hamda kinologiya xizmati xodimlari xizmat itlari bilan birgalikda profilaktika, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha press-tur oʻtkazildi.

Joriy yilning 31-iyul kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan OAV vakillari uchun boʻlib oʻtgan press-turda nosogʻlom turmush tarzini kechirayotgan, huquqbuzarlikka moyil va ijtimoiy xavf ostida boʻlgan oilalarni manzilli oʻrganish va profilaktika qilish maqsadida, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida “Xavfsiz oila” dasturi amalga oshirilayotgani haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek,Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida 1 215 ta nosogʻlom muhitda yashovchi oila aniqlangan boʻlib, ular orasida giyohvandlikka rujʼu qoʻyganlar, ruhiy kasallar, farzandini tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchilar, spirtli ichimlikka rujʼu qilganlar, ajrim yoqasiga kelib qolganlar, huquqbuzarlik sodir etganlar va muntazam dars qoldiruvchi bolalar mavjud boʻlib shu yilning 1-may kunidan boshlab “Xavfsiz oila” tadbiriga start berilgan.
Toshkent shahar hokimligi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlardan iborat ishchi guruh tashkil qilingan. Alohida toifadagi oilalarni manzilli oʻrganish davomida aniqlanishicha, 615 ta oilani muammosi yoʻqligi, biroq 600 ta oilaning muammosi mavjudligi maʼlum boʻlgan. Ular 15-iyul kuni Toshkent shahrida alohida toifaga mansub, ajrim xavfi ostida turgan oilaviy muhiti ogʻir oilalar bilan ishlash tizimini tashkil etish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Toshkent shahar hokimining qarori bilan yuqorida keltirilgan oilalar mutassadi tashkilotlarga biriktirilgani maʼlum boʻldi.
Eng asosiysi shundaki, ishlar har bir oila aʼzosi va muammosi boʻyicha kompleks yondashuv asosida olib borilishi natijasida oilalar mustahkamligi saqlanib, ajrimlar kamaymoqda, bolalar xavfsiz va sogʻlom muhitda oʻsmoqda, aholining ijtimoiy barqarorligi va fuqarolik faolligi ortib bormoqda.
Shuningdek Toshkent shahar shahar hokimligi koʻmagida Yashnobod tumanidan 3 gektar maydon ajratilgan boʻlib va u yerda Kinologiya xizmatining yangi qurilgan maʼmuriy hududi joylashganligi va u yerdagi xizmat itlari jurnalistlar eʼtiborini tortdi.
Hududda 9 ta zamonaviy bino va inshootlar, xizmat itlarini saqlash, tayyorlash, ovqatlantirish va veterinariya xizmati uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan:
• 100 bosh xizmat itini saqlash uchun maxsus volerlar, xizmat itlarini sayr qildirish va “Workout” maydonlari;
• Nazorat oʻtkazish joyi, asosiy bino (2 qavatli, zamonaviy texnika va jihozlar bilan), sport zali, oʻquv xonalari, oshxona, majlislar zali, muzey, navbatchilik boʻlimi;
• Xizmat itlarini choʻmiltirish, ovqat tayyorlash, izolyator va veterinariya xizmati uchun alohida binolar;
• Hamma sharoitlarga ega avtoturargoh, omborxona, laboratoriya va boshqa xizmat xonalari.
Yangi kinologiya majmuasi nafaqat zamonaviy sharoitlari bilan, balki yuqori natijadorlik bilan ajralib turadi. 2025-yilning olti oyi davomida kinologiya xizmati hodimlari 1 762 marotaba voqea joyiga xizmat itlari bilan chiqib, jinoyatchilikka qarshi kurashda faol ishtirok etdi. Jumladan, 200 ta jinoyat fosh etilishida xizmat itlari yordam berdi.
Shuningdek, kinologiya xizmati xodimlari xizmat itlari bilan birgalikda profilaktika va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 900 ta ommaviy tadbir, sport hamda madaniy-ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etib, aholi xavfsizligini taʼminlashda oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Toshkent shahar kinologlari xalqaro va milliy koʻrgazmalarda ham yuqori natijalar koʻrsatmoqda. Masalan, “Xalqaro itlar” va “Milliy itlar” koʻrgazmalarida xodimlar xizmat itlari bilan faxrli 1-oʻrinni egallab, diplom, esdalik sovgʻalariga sazovor boʻlishganligiga guvoh boʻldik. Tadbir davomida OAV vakillari jarayonga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollar berib mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.



