So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Oʻzbekistonda 3 mingdan ortiq ayol taksistlik qilmoqda
Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan taksistlar soni va oʻrtacha narxlar maʼlum qilindi.
Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali xabar qildi. Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 7 oyi mobaynida 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan boʻlib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga qaraganda 60 taga yuqori.
Yanvar iyul oylarida 262,2 million marta yoʻlovchi tashish amalga oshirilgan. Taksi bozori aylanmasi esa 5 trillion soʻmdan oshgan. Shundan 3,6 trillion soʻmi yoki 72,2 foiz qismini naqd toʻlovlar tashkil etgan. Naqdsiz pul oʻtkazmalari esa 1,4 trillion soʻmga yetdi. Shuningdek, oʻrtacha bitta chek narxi 19 077 soʻm boʻlib, oʻtgan yilgi narxlardan 621 soʻmga qimmatlashgan.
Respublikada taksi agregatorlari orqali 457,3 mingga yaqin haydovchi faoliyat yuritmoqda. Ularning yarmidan koʻpi, yaʼni 257 629 nafari 30-50 yoshda, 50 yoshdan kattalar 33 477 kishi, yoshlar esa 166 207 nafardir. Bundan tashqari, 3 480 nafar ayol ham taksistlik qilmoqda.
Yoʻlovchi tashishda eng koʻp xizmat qilayotgan mashina Cobalt boʻldi. Undan keyin Nexia va Lacetti turibdi. Elektromobillar esa ushbu xizmatdagi avtomobillarning 1,8%ini tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, 7 oy davomida taksi xizmatini koʻrsatgan 1,8 ming haydovchi 100 million soʻmdan ortiq daromad oldi.