So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?
Hududlar kesimida oshning eng qimmati Toshkent shahrida, eng arzoni esa Qoraqalpogʻistonda tayyorlanadi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi (2025-yil iyul oyi uchun):
Qoraqalpogʻiston R. – 98 728 soʻm
Andijon viloyati – 105 602 soʻm
Buxoro viloyati – 108 499 soʻm
Jizzax viloyati – 110 184 soʻm
Qashqadaryo viloyati – 111 700 soʻm
Navoiy viloyati – 110 044 soʻm
Namangan viloyati – 109 119 soʻm
Samarqand viloyati – 113 470 soʻm
Surxondaryo viloyati – 111 276 soʻm
Sirdaryo viloyati – 105 751 soʻm
Toshkent viloyati – 113 678 soʻm
Fargʻona viloyati – 115 034 soʻm
Xorazm viloyati – 106 585 soʻm
Toshkent shahri – 117 694 soʻm
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yogʻi – 0,3 l
piyoz – 300 gr
mol goʻshti – 700 gr
sabzi – 1 kg
guruch – 1 kg
noʻxat – 100 gr
zira – 10 gr
osh tuzi – 20 gr
Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga toʻgʻri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qoʻshib hisoblanadi.