So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Mashina ustida mushakbozlik qilgan bloger 7 sutkaga qamaldi
Bu haqda viloyat IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida avtomobil tomiga chiqib, salyut uchirgan 21 yoshli fuqaro 7 sutkaga qamaldi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3-avgust kuni 21 yoshli shaxs Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan holda, harakatlanib ketayotgan mashina ustida pirotexnika vositalaridan foydalangan va bu holat aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirgan. Tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida haydovchi va qoidabuzar shaxs aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan yoʻlovchining hayotini xavfga qoʻygani sababli Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 12810-moddasi (yoʻl bezoriligi), yoʻlovchiga esa 183- va 1851-moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ishga doir hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tuman sudiga yuborilgan.
Tuman sudining qarori bilan 2004-yilda tugʻilgan fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, yuqoridagi holat sodir etilgan avtomashina haydovchisiga 1-yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish va BHMning 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.