Qidirish

18:18 / 2025-08-09 72 0 Hodisalar

Qoraqalpogʻistonda psixofaol dorilar savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxs ushlandi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

world-news

Qayd etilishicha, Departamentning Moʻynoq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan J.B. fuqaro A.R.ga 140 ta kapsuladagi “Molecule Plus” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan. Uning yonidan sotish maqsadida olib kelingan 6 turdagi jami 886 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro J.I.ning boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasi toʻxtatilib, undan 10 dona oq-qizil rangli kapsuladagi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shundan soʻng Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida davom etgan tadbirda J.I.ga 900 ming soʻm evaziga dori vositalarini yetkazib bergan fuqaro M.M.dan 10 dona oq-qizil rangli kapsula koʻrinishdagi hamda “Karbaleks” nomli 5 dona dori vositasi va 900 ming soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish