So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ombudsmanning taqdimnomasiga asosan SSV Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga qariyb 2 mlrd mablagʻ ajratdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) ning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili tomonidan 2024-yilda Olmazor tumanida joylashgan Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga oʻtkazilgan monitoring yakunlariga koʻra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.
Vazirlik Ombudsman taqdimnomasiga javoban Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasining nazorat rejasi ishlab chiqilib, kamchiliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini maʼlum qilan edi.
Ayni kunlarda Ombudsman tomonidan kiritilgan taʼsir choralari shaklidagi hujjatlarning ijrosi boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlar, keyingi monitoringda qayta tekshirilmoqda.
Shu sababdan Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili ushbu shifoxonaga qayta monitoring oʻtkazgan. Aniqlanishicha, Ombudsman taqdimnomasida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida shifoxonaga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Laboratoriya, fizioterapiya kabinetiga tibbiy jihozlar va rentgen apparatlari berilgan.
Shuningdek, 2025-yilga nazorat oʻtish punkti va qozonxonani taʼmirlash uchun 1 mlrd 300 mln soʻm mablagʻ hamda yumshoq jihoz va kiyim-kechaklar uchun 371 mln soʻm ajratilgan.
Faktlar tekshirilgach, muassasadagi bemorlarga yaratilgan yashash va ovqatlanish sharoitlari va dori-darmon taʼminoti oʻrganildi. Tashrif davomida 2014-yil 2-oktyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Psixiatriya davolash muassasasida majburiy davolashda boʻlgan bemorlarning ovqatlanish va ashyoviy taʼminoti meʼyorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorining ovqatlanishga oid talablari buzilgani aniqlandi.
Shuningdek, majburiy davolanish oʻtayotgan ayrim bemorlarda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻqligi aniqlandi va tegishli choralar koʻrilishi belgilandi. Monitoring natijalari yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga Ombudsmanning taʼsir choralari shaklidagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanmoqda.