So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Botir Zokirov stipendiyasi taʼsis etiladi
Prezidentning 28-iyuldagi qaroriga koʻra, Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.
“Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur oʻrganish va jahon miqyosida targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda belgilanishicha, 2026-yildan har ikki yilda bir marta estrada sanʼati boʻyicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro koʻrik tanlovi oʻtkazib boriladi.
Hujjatga koʻra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi. Shuningdek, uning hayoti va ijodiga bagʻishlangan badiiy film yaratiladi. 2021-yilda Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan milliy estrada sanʼati asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangandi.
Oʻsha yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti tashkil etildi. Uning nomidagi milliy mukofot taʼsis etildi, ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli film va spektakllar yaratildi. 2024-yil may oyida Toshkentda Botir Zokirov haykali ochildi.