So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Sunʼiy intellekt Oʻzbekistonga 2,9 mlrd soʻm soliq toʻladi
Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga koʻp boʻlib, toʻlovlarning asosiy qismi yirik IT-gigantlar hissasiga toʻgʻri keldi.
2025-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya davlat byudjetiga 78,2 mlrd soʻm soliq toʻladi.
Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya 78,2 mlrd soʻm miqdorida soliq toʻladi. Bu koʻrsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 42 foiz yuqori.
Maʼlumotlarga koʻra, toʻlangan soliqlarning 94 foizi 10 ta yirik xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi. Ularning orasida
Meta – 22,6 mlrd soʻm,
Apple – 22,1 mlrd soʻm
Google – 19,4 mlrd soʻm bilan yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek:
OpenAI – 2,9 mlrd soʻm,
Booking.com – 1,9 mlrd soʻm,
TikTok – 1,8 mlrd soʻm,
Netflix – 896,2 mln soʻm,
Acca – 797,1 mln soʻm, Zoom – 786,7 mln soʻm
Adobe – 530,8 mln soʻm toʻlov amalga oshirgan.
Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq, har chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotini taqdim etishi va toʻlovni amalga oshirishi shart.
Soliq qonunchiligida bu talablar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 281-moddasida belgilangan. Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumoticha, xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan toʻlangan soliqlar davlat byudjeti tushumlarini oshirish bilan birga, raqamli xizmatlar bozorida shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilmoqda.