So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Fargʻonada “Cobalt” va “Lacetti” toʻqnashib yonib ketdi
Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida sodir boʻlgan dahshatli yoʻl-transport hodisasida ikki nafar yoʻlovchi jabrlandi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 8-avgust kuni Bagʻdod tumani Muqimiy MFY hududidan oʻtgan D105 “Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻlining 276-kilometrida 1995-yilda tugʻilgan S.X. “Cobalt” avtomobilni boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib 1983-yilda tugʻilgan T.D. boshqaruvidagi “Lacetti”ga borib urilgan.
Toʻqnashuv dan soʻng har ikki avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan.
Shuningdek, yoʻl-transport hodisasi tufayli “Damas”, “Nexia-3” va “Nexia-1” rusumli transport vositalariga ham texnik shikast yetgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.