So`ngi yangiliklar
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
“Shahvoniy shantajlar, pul evaziga doʻpposlamaslik”: Samarqandda sportchilardan iborat jinoiy guruhning qilmishlari ochiqlandi
Samarqandda ayol va sportchilardan iborat guruhning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Effect.uzʻga viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, 22 yoshli yigit Samarqand viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada Jomboy tumanida yashovchi 25-30 yoshlardagi ayol fuqarolarning ishonchiga kirib, shahvoniy uydirmalar uyushtirib, shuning bilan birga 2-3 nafar sportchi yigitlardan iborat jinoiy guruh tuzib, fuqarolarni qoʻrqitish orqali yalangʻoch holatdagi tasvirlarga tushirgan va ulardan tovlamachilik yoʻli bilan pul talab qilayotganligini bildirilgan.
Aniqlanishicha, mazkur guruh ushbu yigitni shantaj qilib, undan yozgan “Tilxati”, haydovchilik guvohnomasi va avtomashinasi texpasportini qaytarib olishi evaziga 1500 AQSH dollari miqdorida pul soʻragan. Yigit arizasida 22 yoshli yigit ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur arizaga asosan Samarqand viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbirda ayol hamda uning sheriklari ushbu yigitdan 1.500 AQSH dollari evaziga uning qarzdorlik “Tilxati”, haydovchilik guvohnomasi va texpasportini qaytarib berayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Ayolning jinoiy sheriklari sportning “Milliy kurash”, “Qoʻl jangi”, “Boks”, “Muay-tay” va boshqa turlari bilan shugʻullangan sportchilar boʻlib, ular bundan tashqari ham juda koʻp jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etgan.
Ular bir nechta jinoiy qilmishlarni tashkil etuvchi hamda zoʻravonlikni targʻib qiluvchi holatlarni, jumladan, tuhmat qilish, oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish, tovlamachilik, talonchilik hamda hujjatlarni egallash kabi qator jinoyatlarni sodir etgan.
Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining bir necha moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



