So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 18-fevral kuni soat 19:30 davlat raqam belgisi 10 Q 948 Ya boʻlgan “Cobalt” rusumli avtomashinasi;
Davlat raqam belgisi 01 R 504 VB boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinasi;
Davlat raqam belgisi 01 B 984 WB boʻlgan “Gentra” rusumli avtomashinasi;
Davlat raqam belgisi 01 C 668 WA boʻlgan “Matiz” rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

Natijada “Cobalt”avtomashinasida yongʻin sodir boʻlgan. FVV xodimlari tomonidan yongʻin bartaraf etilgan. Yoʻl transport hodisasi natijasida Cobalt hamda Matiz avtomashinasi haydovchilari tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.