So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Askarning oʻlimida jinoyat tarkibi aniqlanmadi” — Toshkent shahri harbiy prokuraturasi
Bunday qaror Toshkent shahri harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv vaqtida oʻtkazilgan ekspertiza asosida qabul qilingan.
Joriy yilning 11-fevral kuni Toshkent harbiy prokuraturasi Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi harbiy qismda harbiy xizmatchi Mirjalol Imomovning oʻlimi yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatishni rad etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” Bosh prokuraturaga tayanib xabar bermoqda.
Bosh prokuraturaning taʼkidlashicha, askarning oʻlimi holati oʻrganilganda biror shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagan.
Bunday qaror Toshkent shahri harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv vaqtida oʻtkazilgan ekspertiza asosida qabul qilingan.
Tergov materiallariga koʻra, 11-yanvar kuni soat 10:00 da oddiy askar Mirjalol Imomov harbiy qismning nazorat-oʻtish punktida kundalik navbatchilik paytida dam olish xonasiga kirib, u yerda qurol saqlash javonida turgan navbatchi serjantga biriktirilgan AK-74 rusumli oʻqotar qurolni olgan. Soʻng jangovar quroldan oʻzining jagʻ qismiga bir marta otib, vafot etgan.
“Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondonligiga harbiy qismda qurol-yarogʻ topshirish va qabul qilish tartibidagi kamchiliklar toʻgʻrisida hisobot taqdim etildi”, - deya xabar beradi Bosh prokuratura.
Hozirda yigitning oʻz joniga qasd qilgani holati boʻyicha oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv materiali va qabul qilingan qaror harbiy prokuror tomonidan nazorat tartibida oʻrganib chiqilmoqda.