So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq maydonda tozalash ishlari boshlandi
Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova ushbu joyga kichkina yodgorlik oʻrnatishni taklif qildi.
Yangiyoʻl tumanida 12 yoshli qizchaning jasadi topilgan maydonda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” tuman hokimligining matbuot kotibiga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, qizchaning jasadi topilgan tashlandiq maydon hozirda tozalanib, obodonlashtirish ishlari boshlangan.

“Hozir tumandagi 12-avtobus saroyi hududidan boshlab tashlandiq dala maydonigacha tozalash, obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Daraxtlarning ortiqcha shoxlari olinib, yoʻllar ochiladi, chiroqlar oʻrnatiladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, fevral oyida “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida kameralar oʻrnatish boʻyicha tashabbus kiritiladi. Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova ushbu joyga kichkina yodgorlik oʻrnatishni taklif qildi.
“Men ushbu joyga kichkina yodgorlik oʻrnatishni taklif qilaman — bir tup atirgul butasida ochilmay turgan gʻuncha timsoli aks etgan. Muslimani unutmasligimiz uchun, bunday fojianing takrorlanishiga yoʻl qoʻymasligimiz uchun”, — dedi u.
Eslatib oʻtamiz, 31-yanvar kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan topilgandi.Bosh prokuratura uning vafotida 29 yoshli erkakni gumondor deb topib, qoʻlga oldi.
Marhumaning oila aʼzolari qotillik yuz bergan mahallaning koʻchalari yoritilmasligi, yolgʻizoyoq koʻchalar ham koʻpligi, qolaversa, yoʻllarda kameralar yoʻqligi haqida eʼtiroz ham bildirgandi.