So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Shavkat Mirziyoyev Andijonda dolzarb muammolar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi
Prezident hudud faollari bilan aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Andijon viloyati boʻlib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni bu yerda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ommalashtirish va aholi bandligini taʼminlash choralari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Maʼlum qilinishicha, soʻnggi besh yilda Oʻzbekistonda xonadonlar 1 million 200 mingtaga koʻpaydi, korxonalar soni esa 260 mingtaga yetgan.
Bular elektr energiyasiga boʻlgan talabni 35 foizga oshirdi. Xususan, Andijon, fargʻona va Namangan viloyatlarida elektrga talab 40 foizga koʻpaygan.
“Bunday sharoitida eng toʻgʻri yechim qayta tiklanuvchi energiya manbalarini koʻpaytirish”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident yirik korxonalarda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, umuman, ularni elektr bilan oʻzini oʻzi taʼminlashga oʻtkazish kerakligini taʼkidladi.
“Nima uchun masʼul rahbarlar oʻz hududida yetishmovchilikni qoplash, “yashil energiya”ni joriy qilish, tejamkorlik haqida oʻylamagan?” — deb qoʻshimcha qildi Prezident.
Ijtimoiy obyektlarda quyosh energiyasidan foydalanish uchun alohida kompaniya tashkil etiladi. Unga 200 million dollar mablagʻ beriladi.
Kompaniya quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini oʻzi oʻrnatadi hamda byudjet korxonasiga “yashil energiya” sotadi. Shuningdek, ijtimoiy obyektlardagi 3 mingta eskirgan qozonlarni zamonaviy uskunaga almashtirish zarurligi qayd etildi.
Energiya resurslarini iqtisod qilish choralari koʻrsatib oʻtildi. Aholining quyosh energiyasidan foydalanishi uchun jozibador tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilish kun tartibidagi ikkinchi masala kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash haqida boʻlgan. Maʼlumki, bu borada viloyatlarga zarur sharoitlar yaratilmoqda. Xususan, 31-yanvar kuni imzolangan Prezident qaroriga koʻra, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlarga Andijon viloyatiga 1,1 trillion soʻm ajratiladi.
Soʻnggi ikki yilda aholiga dehqonchilik uchun 8 ming gektar hosildor ekin yerlari berilgan, 2023-yilda yana 10 ming gektar yer tarqatiladi. Mahallalarda sanoatni rivojlantirish uchun 36 ta mikromarkaz tashkil etiladi.
Prezident ishbilarmon va mehnatsevar odamlar yurti boʻlgan Andijonni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish mumkinligini taʼkidladi.
Darhaqiqat, bu yil viloyatda 800 million dollarlik 235 ta investitsiya loyihasi yakunlanib, 40 ming kishi ish bilan taʼminlanadi. Aholiga ajratiladigan 10 ming gektarda 75 mingta doimiy va 200 mingta mavsumiy ish joyi ochiladi.
Ishsiz odamlarni kasb-hunarga oʻqitish, mahallalarda ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ham vazifalar belgilandi. Tuman va shahar hokimlari aholi bandligini oshirish rejalari yuzasidan axborot berdi.