So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Samarqandda isteʼmolchilardan undirilgan mablagʻlarni “hazm” qilgan nazoratchi qoʻlga olindi
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Samarqand viloyati Payariq tumanida isteʼmolchilardan undirilgan pullarni jigʻildoniga hazm qilgan nazoratchi qoʻlga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.

Unda, “S.s” MCHJ tuman filiali nazoratchisi Sh.Yu. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) oʻziga biriktirilgan hududdagi ichimlik suvi isteʼmolchilaridan undirilgan 106 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.