So`ngi yangiliklar
15 dekabr kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Samarqandda uy portlashi ortidan 6 kishi halok boʻldi
Bugun, 9-may kuniga oʻtar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahar “Bogʻisaroy” MFY Spitamen koʻchasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, FVBga maʼlumot kelib tushgandan soʻng, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.
Chaqnash oqibatida hosil boʻlgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushgan. Uyning 1,2,3-chi qavatlari va yertoʻla qismi zararlangan. Yongʻin sodir boʻlmagan. Olib borilgan harakatlardan soʻng, vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshligʻi, prokuratura, Ichki ishlar boshqarmasi, Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, Milliy gvardiya, “Hududgaztaʼminot” xizmatlaridan tezkor shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Bunga 10 ta asosiy va maxsus yongʻin-qutqaruv texnikalar va Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining kuch vositalari jalb etilgan. Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.