Сўнгги янгиликлар
Чиқинди хизматларидан қарздор абонентларнинг август ойидан бошлаб электр энергияси тўловига чеклов ўрнатилади
Анқара “2026 йил Турк дунёсининг туризм пойтахти” деб эълон қилинди
Ўзбекистон Ҳукуматининг Гулнора Каримова бўйича расмий позицияси эълон қилинди
Учтепа туманида жойлашган жиноий гуруҳ аъзолари ушланди
Ўзбекистонда олтин-валюта захиралари 6 ой ичида биринчи марта камайди
«Ғалабанинг номи — Туркия»дир: 15 июлдаги драматик тун нималар билан ёдда қолган?
Туркия ўрмон ёнғинларига қарши курашишда қандай йўлдан бормоқда?
GoTürkiye янги мини сериални тақдим этади: Istanbul My Love
"Самарқандда вояга етмаган қизни зўрлаганликда гумонланиб 8 киши ушланди" – Бош прокуратура
Бош прокуратуранинг маълум қилишича олиб борилган тергов ҳамда тезкор тадбирлари давомида 9 нафар гумонланувчи аниқланиб, терговга жалб қилинган ва 8 нафар шахс, шу жумладан, Қўшработ тумани прокуратурасининг собиқ иш юритувчиси процессуал тартибда ушланган, яна бир гумонланувчини ушлаш чоралари кўрилмоқда.

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, jinoyatda gumonlanib 8 kishi ushlangan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 6 oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz prokuraturaga ariza bilan murojaat qilib, 2 oktyabr kuni bir necha shaxs tomonidan zo‘rlangani va ularga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlanib, 30 oktyabr kuni viloyat prokurorining tegishli buyrug‘i bilan prokuratura organlaridan bo‘shatilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda tayinlangan sudga oid tibbiyot va biologik ekspertizalari natijalariga ko‘ra, 31 oktyabr kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergovga taalluqliligi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuborilgan.
Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlari davomida 9 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, tergovga jalb qilingan va 8 nafar shaxs, shu jumladan, Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan, yana bir gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
Holatga bolalar ombudsmani munosabat bildirib, o‘z vakolati doirasida kuzatuv olib borayotganini ma’lum qilgandi. “Nemolchi.uz”ning xabar qilishicha, qizga arizasini qaytarib olishi uchun bosim o‘tkazilmoqda, lekin u taslim bo‘lmayapti



