So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ekstremal turizm: Qor erimaydigan “Qorsaroy”ni bilasizmi?
Namangan viloyatining Pop tumanida “Qorsaroy” dam olish maskani turistlarga xizmat koʻrsatmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Oʻziga xos jihati, dengiz sathidan 1700 metr balandlikdagi Qamchiq dovonida tashkil etilgan mazkur dam olish maskanida dekabr, yanvar, fevral va hattoki mart oyida ham doimiy ravishda qor erimaydi.

Tabiiy ravishda yaratilgan sirpanchiq 230 metrni tashkil etadi. Har kuni yuzlab mahalliy sayyohlar maxsus havo yostiqchalari yordamida sirpanchiqda uchadilar.

Shuningdek, “Qorsaroy”da 430 metr uzunlikdagi osma dor yoʻli ham ishga tushgan. Qolaversa, zorbing (shaffof) ballonlar xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan. Hozirda oilaviy dam oluvchilar uchun kempinglar qurish ishlari davom etmoqda.

Qayd etish joizki, sayyohlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun Pop tumaniga xos boʻlgan jihatlarga alohida yondashilmoqda. Masalan tashrif buyurayotgan mehmonlarga mazali patirlarni xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.

Maʼlumot oʻrnida, kelgusida qurilayotgan kempinglar uchun quyosh panellarini oʻrnatish boʻyicha subsidiya ajratiladi. Tadbirkorlar tomonidan yana 5 gektarli maydonda dam olish maskani barpo etish ham rejalashtirilgan.
