So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
“Oʻzbekneftgaz”: Shoʻrtan gaz kimyo majmuasida 2022-yilda 4,031 milliard kub metr tabiiy gaz xomashyosi chuqur qayta ishlanib, reja ortigʻi bilan bajarildi
2022-yil boshida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tomonidan Shoʻrtan gaz kimyo majmuasiga berilgan topshiriq va koʻrsatmalar boʻyicha olib borilgan chora-tadbirlar ijobiy natijalar bilan yakunlandi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, yil boshida mamlakatimizda yuz bergan texnogen holat – blekaut natijasida majmuaning koʻpgina qurilmalariga katta zarar yetib, ishlab chiqarish holatiga ham qattiq taʼsir koʻrsatdi. Lekin, “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar, avariya holatini bartaraf etish uchun oʻz vaqtida yaratilgan imkoniyatlar sababli va shuningdek, majmua mutaxassislarining fidoyiligi evaziga yuqori texnologiyali uskunalar va murakkab qurilmalardagi muammo qisqa fursatlarda bartaraf etildi.
Bunda majmuada qurilma va uskunalarni taʼmirlash ishlarini tizimli va oʻz vaqtida, markazlashtirilgan holda tashkillashtirilishi uchun jamiyat boshqaruvi raisi tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlarning roli katta boʻldi.
2022-yil davomida majmua jamoasi tomonidan barcha reja va maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshirildi va avariya oqibatida yoʻqotilgan vaqt va resurslarga qaramasdan barcha ishlab chiqarish koʻrsatkichlarni ijobiy holatga olib chiqish uddalandi.
Shuningdek majmuada oʻtgan yil davomida 4,031 milliard kub metr (rejaga nisbatan 100,8 foiz) tabiiy gaz xomashyosi chuqur qayta ishlandi. Natijada 127,3 ming tonna (rejaga nisbatan 101,9 foiz) polietilen, 111,2 ming tonna (rejaga nisbatan 103,7 foiz) suyultirilgan gaz, 3,395 milliard kub metr (rejaga nisbatan 100,7 foiz) tozalangan metan gazi, 99,1 ming tonna (rejaga nisbatan 101,5 foiz) gaz kondensati mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Yuqorida aytib oʻtilganlardan tashqari 2022-yilda barqarorlikni taʼminlash maqsadida Shoʻrtan bosh inshootidan “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” va “Uzbekistan GTL” zavodlari uchun qoʻshimcha ravishda uzunligi 33 km.ni tashkil etadigan gaz quvurlari yotqizish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Majmuada 21 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlatilib kelinayotgan, ham maʼnan, ham jismonan eskirgan bir qancha texnologik qurilma va uskunalarni, tizimlarni bosqichma bosqich modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
Loyiha qiymati 80 mlrd.ni tashkil etadigan “Uzbekistan GTL”dan yuqori bosimli bugʻ, bugʻ kondensati va gaz holatidagi azot berish quvurlarini tortib kelish ishlari boshlangan.
Ushbu loyihalar orqali majmuada texnologik qurilmalarning ishonchliligi va samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati



