So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Oʻzbekneftgaz”: Birja savdolari orqali sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin hajmlari oshirildi
2023-yil 9-yanvar kuni 3,7 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi, shu jumladan 3,2 ming tonna Buxoro va 0,5 ming tonna Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida.

2023-yil 9-yanvar kuni 3520 tonna AI-80 avtobenzin (Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 2600 tonna, “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK 920 tonna) birja savdolariga qoʻyilib, sotildi. Bunda, har bir tonna Buxoro neftni qayta ishlash zavodi(Buxoro NQIZ)dan qoʻyilgan avtobenzin uchun narx 6295 ming soʻmdan, “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XKdan esa 6295 ming soʻmdan shakllandi.
Bugun, 10-yanvar kuni birja savdolarida jami 3975 tonna AI-80 avtobenzin sotilishi rejalashtirildi, shundan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 3 000 tonna va “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK tomonidan 975 tonna.
Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro NQIZ tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan. Yanvar oyi davomida neft bazalarga jami 27041 tonna, jumladan 9-yanvar kuni 2777 tonna Ai-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.
2023-yil 9-yanvar kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 5288 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 205 tonna, Toshkent shahri va viloyatida 2622 tonna, Andijonda 278 tonna, Buxoroda 331 tonna, Jizzaxda 182 tonna, Qashqadaryoda 165 tonna, Navoiyda 168 tonna, Namanganda 378 tonna, Samarqandda 144 tonna, Surxondaryoda 211 tonna, Sirdaryoda 186 tonna, Fargʻonada 210 tonna va Xorazm viloyatida 208 tonna.
Neftni qayta ishlash zavodlarida 75,1 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan, jumladan Buxoro zavodida 60,6 ming tonna va Fargʻona zavodida 14,5 ming tonna.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati



