So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Oʻzbekneftgaz”: “Hududgaztaʼminot” AJ orqali aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish rejasi ortigʻi bilan bajarilmoqda
“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigʻi bilan respublika hududida havo haroratining pasayishi davrida isteʼmolchilarga suyultirilgan gazni uzluksiz bir maromida yetkazib berilishini taʼminlash maqsadida jadal suratlarda ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, 2023-yil 1-6-yanvar kunlari “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari hamda ishlab chiqaruvchi zavodlari tomonidan Respublika aholisi va imtimoiy soha obyektalari uchun “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminot filialari orqali 11,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi va belgilangan reja 107,6% bajarildi.
Hududar kesimida yuklangan suyultirilgan gaz mahsulotlarining miqdori quyidagicha:
• Qoraqalpogʻiston Respublikasiga – 0,3 ming tonna;
• Andijon viloyatiga – 2,2 ming tonna;
• Buxoro viloyatiga – 0,6 ming tonna;
• Jizzax viloyatiga – 0,1 ming tonna;
• Qashqadaryo viloyatiga – 1,6 ming tonna;
• Navoiy viloyatiga – 0,2 ming tonna;
• Namangan viloyatiga – 1,5 ming tonna;
• Samarqand viloyatiga – 1,3 ming tonna;
• Surxondaryo viloyatiga – 1,0 ming tonna;
• Sirdaryo viloyatiga – 0,2 ming tonna;
• Toshkent viloyatiga – 0,2 ming tonna;
• Fargʻona viloyatiga – 1,8 ming tonna;
• Xorazm viloyatiga – 0,4 ming tonna;
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, joriy yilning yanvar oyida “Hududgaztaʼminot” AJga 54,5 ming tonna yuklab berish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda Jamiyat tasarrufidagi boshqarma va korxonalarning mahsulot saqlash sigʻimlarida 2,0 ming tonna suyultirilgan gaz zaxiralari mavjud.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati