So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yuksalish” harakati Oʻzbekistonda dori-darmon reklamasini cheklashni taklif qildi
“Yuksalish” harakati tibbiyot muassasalari va farmatsevtika sohasi institutlarini tijoriy emas, balki ijtimoiy manfaatlarni ustuvor qoʻyishlariga chaqirgan.
“Yuksalish” umummilliy harakati ommaviy axborot vositalarida dorilar reklamasiga cheklovlar joriy etishni taklif qildi.
“Dok-1 Maks” preparatini qabul qilish oqibatida bolalar hayotdan koʻz yumgani bilan bogʻliq vaziyat barchamizni chuqur qaygʻuga soldi. Bu fojia mamlakatimizda sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohasida muammolarimizni yaqqol koʻrsatib berdi”, - deyiladi xabarda.
Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun “Yuksalish” umummilliy harakati quyidagilarga chaqiradi:
• Dori vositalarini nazoratsiz qoʻllash amaliyotini qayta koʻrib chiqish. Koʻplab dori vositalarini shifokor retseptisiz, dorixonalardan osongina xarid qilishimiz mumkinligi dorilardan notoʻgʻri foydalanish xavfini keltirmoqda;
• OAVlarda dorilar reklamasiga cheklovlar joriy etish. Xususan, dori vositalari reklamasini faqat Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ruxsati bilan amalga oshirish. Kelgusida OAVlarda dorilarining bevosita reklamasini taqiqlash imkoniyatini koʻrib chiqish;
• Dori vositalarining reklamasiga oid qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish. Masalan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni dori vositalari reklamasiga qoʻyiladigan talablarni buzganlik uchun BHMning 20 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutuvchi alohida norma bilan toʻldirish. Ogʻir oqibatlarga olib kelgan huquqbuzarliklar (inson sogʻligʻiga ziyon yetsa, oʻlimga olib kelsa) jinoiy javobgarlikka asos boʻlishi kerak;
• Dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sertifikatlash tashkilotlari masʼuliyatini kuchaytirish. Shu maqsadda, Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi subyektlari qatoriga sifatsiz, qalbakilashtirilgan va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan dori vositalarini tarqatishga yoʻl qoʻygan shaxslarni ham kiritish;
• Farmatsevtika sohasida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash. Keng aholi manfaatlariga daxldor boʻlgan farmatsevtika sanoatiga oid axborotlarni berib boruvchi ochiq maʼlumotlar bazasini shakllantirish lozim;
• Fuqarolarning zamonaviy tashxis imkoniyatlaridan foydalanishini, davolashning yagona standartlariga asoslangan tibbiy sugʻurta tizimiga oʻtishini tezlashtirish.