So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Umuman olganda, oʻlimlar soni 2024-yil iyul oyidagidan 2,7 mingtaga, 2023-yil mos davridagidan 4,4 mingtaga koʻpaygan.

Tugʻilgan chaqaloqlar soni 2024-yil mos davridagidan 14,4 ming nafarga kamaygan. Joriy yilning birinchi yarmida respublikada tugʻilgan chaqaloqlar soni 2024-yil mos davridagidan 14,4 ming nafarga kamaydi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
2025-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston aholisi soni 37 million 860 ming kishiga yetdi. Mazkur koʻrsatkich 2024-yil iyulidagiga nisbatan 2 foizga koʻp. Yarim yil davomida aholi sonining tabiiy oʻsishi 321,4 ming kishiga teng boʻldi.
Eng koʻp aholi Samarqand (4,3 mln kishi) va Fargʻona (4,2 mln kishi) viloyatlarida yashamoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida — 938,5 ming kishi. Oʻzbekistonda 2025-yil yanvar iyun oylarida 405,5 ming chaqaloq tugʻildi. Shundan 209,6 ming nafari oʻgʻil (51,7 foiz), 195,9 ming nafari (48,3 foiz) qiz bolalar. Shahar joylarida 197,8 ming, qishloqlarda 207,7 ming chaqaloq dunyoga kelgan.
Joriy tugʻilishlar soni 2024-yil mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga, 2023-yil I yarmiga qaraganda 29,1 ming nafarga kamaygan. Olti oy davomida mamlakatda vafot etganlar soni 84,1 ming kishini tashkil etgan. Shundan erkaklar 46,2 ming kishi (54,9 foiz), ayollar 37,9 ming kishi (45,1 foiz) boʻlgan. Olamdan oʻtganlarning 45,6 ming nafari shaharlarda (54,2 foiz), 38,5 ming nafari qishloqlarda (45,8 foiz) yashagan.



