Qidirish

11:20 / 2025-07-28 69 0 Hodisalar

Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?

Tahririyatimizga Buxoro viloyati Shofirkon tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.

world-news

Buxoro viloyati jinoyat ishlar bo'yicha Shofirkon tuman sudining 2025-yil 5-maydagi hukmidan norozi bo'lib, appelyatsiya instansiyasida shikoyat yozgan Jo'rayev, Usmonov, Salimov va Xaydarovlar ishi Buxoro viloyat sudining Jinoyat ishlari bo'yicha appelyatsiya instansiyasida ko'rib chiqilmoqda. Sudda advokat tomonidan ish holatlariga to'liq oydinlik kiritish maqsadida Navoiy kon metallurgiya Aj mutaxassisni jalb qilish to'g'risida kiritilgan iltimosnomasi sudlov hay'ati tomonidan qisman qanoatlantirildi.

16-iyul kuni Navoiy kon metallurgiya mutaxassisi Mardonov Aziz sudga chaqirildi, sababi birinchi instansiya sudining hukmiga sabab bo'lgan kimyoviy ekspertiza xulosasi o'rniga aynan shular tomonidan berilgan xulosa sabab boʻlgan. Ya'ni prokurorning ayblov xulosasida koʻmir qimmatbaho ma'dan deb talqin qilingan va fuqarolarning ishini sudga oshirgan.

Aynan tashlab ketilgan qumda oltin bormi yoki yo'q o'zlari ham bilmaydigan fuqarolarga qo'yilgan ayblar esa juda katta. Navoiy kon metallurgiya kombinati mutaxassisiga sud zalida quyidagicha savol berildi: "qum aralashgan ko'mir qimmatbaho metal bo'la oladimi". Afsuski, ko'mir qimmatbaho metal bo'la olmaydi deb javob berdi. Axir kombinat shunday xulosa bergan ediku, deyilgan savolga biz tergovga qimmatbaho metal deb xulosa bermaganmiz, bermaymiz ham chunki, qum aralashgan koʻmir qimmatbaho metal emas degan javobni berishdi. Demak, tergovchi ish materialini noto'g'ri talqin qilganligi oqibatida fuqarolarning ishi sudga chiqib ketgan. Nahotki, ishni ko'rayotgan sudyalar ish materiali bilan tanishib ham o'tirmasdan qaror chiqaraversa. Agar tizim shunday holatda davom etar ekan inson qadri va huquqlari har bir sud majlisida toptalaveradi.

Fuqarolarning oqlov so'rayotgani ham oʻrinli Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Salimov Muhriddin Zuxriddin oʻgʻliga nisbatan tezkor tadbir oʻtkazilgan va unga tegishli boʻlgan koʻmir aralashmasi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan. Keyinroq esa bizga murojat qilgan Salimov ,Usmonov, Jo'rayevlarga ham shunday tadbir oʻtkazilgan va ularga tegishli boʻlgan koʻmir aralashgan qum dalil sifatida olingan. Qizig'i shundaki, birinchi ushlangan Salimov Muhriddin Zayniddin oʻgʻlining harakatlarida jinoyat kodeksining 190-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari yoʻqligi aniqlanib, qaror qabul qilingan va Zayniddin oʻgʻlidan dalil sifatida olingan koʻmir aralashgan qum oʻziga qaytarilgan. Ammo Salimov ,Usmonov, Jo'rayevlarga navbat kelganda, ularni jinoyatchi deb talqin qilib sudga oshirgan. Bir xil xolat va ikki xil hukm. Negadir shubhali holat.

Effect.uz'ga insayderlardan kelgan maʼlumotga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sudlarga bosim berilayotgani va aynan Salimov, Usmonov, Haydarovlarning birinchi instansiya sudi qarori oʻzgarishsiz qolishi kerakligi ta'kidlanayotgani aytilmoqda, Hatto ommaviy axborot vositalariga ham ruxsat etilmaganligi sabablaridan biri shu bo'lishi mumkinligi. Fuqarolarning aybsizligi sud majlisida bilinib qolsa, sudya qanday qilib hukmni oʻzgarishsiz qoldira oladi. 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022-yildagi 80-sonli qarori Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqidagi nizomning 10-ilovasida Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi tog'risidagi yagona nizomga 10-ilova Affinaj faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilangan.

Jo'rayev To'lqin Qudratilloyevich, Usmonov Jaloliddin Ikrom o'g'li, Salimov Dadaxon Zavqiddin o'g'li va Haydarov Shuhratlar tomonidan Affinaj faoliyatini amalga oshirish to'g'risida litsenziyalar olishlari lozim edi, biroq ular tomonidan litsenziya olinmasdan faoliyatni boshlab, daromad ham olishmagan.

Bu holatda, Jo'rayev To'lqin Qudratilloyevich, Usmonov Jaloliddin Ikrom o'g'li, Salimov Dadaxon Zavqiddin o'g'li va Haydarov Shuhratlarning harakatlarida Jinoyat kodeksining 190-moddasi 6-qismi “b” bandi bilan emas, balki Jinoyat kodeksining 188-moddasi, ya'ni noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish jinoyatini sodir etganlikda javobgarlik masalasi ko'rib chiqilishi lozim.

Jinoyat kodeksining 188-moddasida esa, shaxs daromad olinganligi isbotlansa, unda Jinoyat kodeksining 188-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi. Vaholanki, Jo'rayev To'lqin Qudratilloyevich, Usmonov Jaloliddin Ikrom o'g'li, Salimov Dadaxon Zavqiddin o'g'li va Haydarov Shuhratlar tomonidan Afinaj faoliyati to'liq yakunlanmaganligi, ya’ni daromad umuman olmaganligi bilan ularni jinoiy javobgarlikka tortishga asos yo'q.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining  "Tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq ishlar bo'yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to'g'risida”gi qarorining 13-bandida “Litsenziyalanishi lozim bo'lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug'ullangan shaxs ayni paytda ro'yxatdan o'tishdan ham bo'yin tovlasa, uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim bo'lib, JK 190-moddasi bilan qo'shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi” deb, ko'rsatilgan.

Bundan koʻrinib turibdiki, Shofirkon tumani sudi Oliy sud plenumini qarorini bilmaydi bilsa ham qoʻpol ravishda buzgan .

Izohlar 0

Fikr bildirish