So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Salim Abduvaliyev joriy yil 12-yanvar kuni sogʻligʻidagi muammolar tufayli qamoqdan ozod qilinganidan buyon ilk bor omma oldida koʻrinish berdi.
U bugun, 27-iyul poytaxt Toshkentdagi “Yakkasaroy” toʻyxonasidagi tadbirda ishtirok etish uchun borgani aks etgan video tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan videoda uni sobiq “Alp Jamol” bank egasi Muhiddin Asomutdinov bilan koʻrish mumkin.
Salim Abduvaliyevning toʻyxonaga kirib kelishi aks etgan ushbu tasvirlar tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Boisi u qamoqdan ozod etilishida keltirilgan vajlardagidek videoda sogʻligʻida muammoli odam sifatida koʻrinmagan. Qolaversa, uning aynan qaysi tadbirda ishtirok etgani ham hozircha maʼlum emas.