So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Oʻzbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” kompaniyasi binosiga quvvati 65 kVt boʻlgan quyosh panellari oʻrnatildi
Prezident Shavkat Mirzyoyevning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilgʻi-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirish boʻyicha tegishli qaror va farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirigʻi bilan neft va gaz obyektlari va maʼmuriy binolarda energiya resurslari sarfini kamaytirish boʻyicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Bu boradagi ishlar “Oʻzbekneftgaz” AJning ishlab chiqarishni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, energiya tejovchi uskunalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar dasturi doirasida bajarilmoqda.
Dasturga muvofiq, “Uzbekistan GTL” kompaniyasining Toshkent shahridagi binosida quvvati 65 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Mazkur quyosh fotoelektr stansiya yiliga 115 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Shuni alohida qayd etish kerakki, stansiya “Uzbekistan GTL” kompaniyasi Toshkent shahridagi binosini kunduz kuni toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojdan ortgan qismi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga uzatiladi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati