So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Samarqandda erkak xotini va beshikda yotgan farzandini oʻldirib, oʻz joniga qasd qildi
Ushbu mashʼum voqea oilaviy kelishmovchilik oqibatida yuzaga kelgan.
Samarqand viloyatida er xotini va beshikda yotgan 5 oylik farzandini oʻldirdi.
Oʻtgan yilning 24-dekabr kuni soat 23:22 atrofida Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Galaravot” mahallasida yashovchi fuqaro A.A. (erkak) yashash xonadonida uning turmush oʻrtogʻi va 5 oylik farzandi tan jarohatlari bilan oʻlik holatda topilgan.
Tergov-tezkor guruhi aʻzolari tomonidan hodisa joyi koʻzdan kechirilganda ayol boʻyin sohasi chap yon tomonida 2 dona sanchib-kesilgan jarohati mavjudligi, voyaga yetmagan chaqaloq tan jarohatsiz hamda xonadon egasi ushbu hovlining ogʻilxonasini cherdak qismiga arqon bilan boʻynidan osilgan holatda topilgan.
“Dastlabki tezkor maʻlumotlar hamda guvohlarning koʻrsatuvlariga koʻra, erkak turmush oʻrtogʻi bilan oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uni qaychi bilan boʻyin sohasiga 2-marta urib oʻldirib, soʻngra beshikda yotgan 5 oylik farzandini qoʻllari bilan boʻgʻib oʻldirib, keyin oʻzini oʻzi osib, oʻz joniga qasd qilgan”, — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan 2022-yil 25-dekabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan viloyati Kosonsoy tumanida er-xotin Yangi yil kechasida oʻldirilib, yoqib yuborilgan edi.