So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Oʻzbekneftgaz”: Dekabr oyida umumiy gaz zaxirasi 6,7 mlrd kub metrdan koʻp boʻlgan ikkita yangi kon ochildi
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan taʼminlash maqsadida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyati hududida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida amalga oshirilgan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida joriy yilning dekabr oyida 2 ta yangi – “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” gazkondensat konlari ochildi.
Ushbu konlar “Oʻzbekneftgaz” AJ va Davlat geologiya qoʻmitasi mutaxassislari hamkorligida olib borilgan kompleks chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida aniqlandi.
Mukammal tahlillarga tayangan holda “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” konlarida dastlabki 1-sonli quduqlar qisqa muddatlarda mos ravishda 2670 va 2140 metr chuqurlikgacha muvaffaqiyatli burgʻilab tugatildi.
Quduqlardagi istiqbolli qatlamlarning tabiiy gazga mahsuldorligini baholash maqsadida bajarilgan sinov-oʻzlashtirish ishlar natijasida ularning har biridan kunlik 150-125 ming kub metr miqdorida tabiiy gaz mahsuloti olinib, “Yangi Tegirmon” va “Moyquduq” yangi gazkondensat konlarining ochilishiga erishildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” konlarida mos ravishda 1,7 va 5,0 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda umumiy 150 ming tonnadan ortiq gaz kondensati xom ashyosi zahiralari mavjudligi bashorat qilinmoqda.
Hozirda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirishni taʼminlash maqsadida ushbu konlarda navbatdagi 2-sonli quduqlarni burgʻilash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan yuqoridagi tadbirlarni samarali bajarish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida Respublikada geologiya sohasini rivojlantirish va uning barcha boʻgʻinlarida islohotlarni olib borish, shuningdek bu boradagi kelgusi 10 yillik dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda 6 ming metrdan ortiq chuqurliklarda yangi gaz konlarini topish kabi maqsadli vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsad qilingan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati