So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
77+7=Ronaldu rasman Masharipov jamoadoshiga aylandi
Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubida davom ettiradi.
Bu haqida “An-Nassr” klubi rasmiy Twitter sahifasi ma’lum qildi. Shuningdek, Ronalduning o‘zi ham Instagram sahifasida ushbu ma’lumotni ulashdi.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagani xabar qilingandi. Uning maoshi yiliga 75 million dollar.
Tijorat to‘lovlari, elchi sifatidagi vazifasidagi daromadlari bilan qo‘shib hisoblaganda futbolchi yiliga 200 million dollar oladi. “An-Nassr”da o’zbekistonlik Jaloliddin Masharipov faoliyat olib boradi, aynan u hamkasbiga o’zining 7-raqamini bergan. Masharipov endilikda 77-raqamda o’ynaydi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu noyabr oyida “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomani bekor qilgandi.