So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Myanma sobiq yetakchisi yana 7 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Aun San Su Chjiga qarshi sud jarayonlari yopiq eshiklar ortida oʻtmoqda, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalariga jarayonga kirish imkoni yoʻq, uning advokatlariga ham jurnalistlar bilan muloqot qilish taqiqlangan.
Myanma harbiy sudi sobiq yetakchi va Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Aun San Su Chjini qoʻshimcha 7 yillik qamoq jazosiga hukm qildi va uning umumiy qamoq jazosini 33 yilga oshirdi.
Soʻnggi bir yarim yil davomida sud doimiy ravishda uning qamoq muddatini qoʻshib kelmoqda - 2021-yil fevral oyida mamlakatdagi harbiy toʻntarishdan soʻng, yangi hokimiyat uni hibsga oldi va uni 19 ta jinoyat, jumladan poraxoʻrlik, saylov qoidalari va pandemiya davrida cheklovlarni buzishda aybladi.
Juma kuni u oxirgi beshta ayblov boʻyicha hukm qilindi. Sud uni korrupsiyada aybdor deb topdi, chunki tergovchilarga koʻra, u hukumat vertolyotini ijaraga olish qoidalarini buzgan. 2022-yil oktyabr boshida sud uni korrupsiyada ayblab, uch yil qoʻshib qamoq jazosi qoʻshgan edi.
Myanma harbiylari sobiq yetakchiga qarshi jarayonga izoh bermadi. Rejim mamlakat sudlari mustaqil va barcha qonuniy tartib-qoidalarga toʻliq rioya etilishini taʼkidlaydi.
Aun San Su Chjiga qarshi sud jarayonlari yopiq eshiklar ortida oʻtmoqda, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalariga jarayonga kirish imkoni yoʻq, uning advokatlariga ham jurnalistlar bilan muloqot qilish taqiqlangan.
Sobiq davlat rahbarining tarafdorlari xunta uni yana siyosatga kirishiga yoki armiya qudratiga qarshi chiqishiga yoʻl qoʻymaslik uchun uni panjara ortiga qoʻyganini taʼkidlamoqda.
Aun Su Chi hokimiyatdan agʻdarilganidan keyin harbiy xunta 16 mingdan ortiq odamni hibsga oldi. Huquq faollariga koʻra, ulardan 13 ming nafari hamon qamoqda.
Oʻtgan hafta BMT Xavfsizlik Kengashi Myanmadagi zoʻravonliklarni toʻxtatish va barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi.
Rezolyutsiya matniga kiritilgan tuzatishlardan keyin Xitoy va Rossiya ovoz berishda betaraf qoldi va veto huquqidan foydalanmadi. Shu bilan birga, Rossiya harbiy xuntani qoʻllab-quvvatlagan dunyodagi kam sonli davlatlardan biriga aylandi.
2021-yil bahorida, Myanmadagi norozilik namoyishlari chogʻida 100 ga yaqin odam halok boʻlgan kuni, mudofaa vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi mahalliy harbiylar bilan birga bayramlarda ishtirok etdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir