So`ngi yangiliklar
“Strongmen Games”: Kuchlilar aniqlandi
Turkiyadagi eng maftunkor yaxta manzillari
“Oʻzlaringizga yaxshi boʻlmaydi” – Oqdaryo hokimligi fermerlar pilla rejasini topshirishga majbur ekanligini aytgan “zam” hokimning harakatlarini oqlab chiqdi
Botir Zaripov noqonuniy holatlarning oldini olishni maqsad qilgan – Buxoro hokimligi munosabat bildirdi
“Nevaramning chet elda oʻqishi uchun qanday pul topsam deb uyqularim qochadi” – olmaliqlik faol “Umid” fondi yopilganidan ranjib, yangi taklif bilan chiqdi
Dunyo bilan barobar qadam…
“Antaliya Gambit”: Turk Riviyerasida hayajonli hikoya
Ona farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan
Dunyo bilan barobar qadam…
Shunday suratlar borki, ular bizga zamon nafasini yetkazadi, davlatning qiyofasi va kelajak sari tashlangan qadamlarini koʻrsatib beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro investitsiya forumiga Bolgariya va Slovakiya yetakchilari, qoʻshni davlatlar hukumat vakillari va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan yelkama-yelka kirib kelgani aks etgan surat ana shunday lavhalardan biri boʻldi.
Bu ramz bizga diplomatik tenglik muhitini, Oʻzbekiston tashqi siyosatining aniq yoʻnalishini, mamlakatning ochiqlik, oʻzaro hurmat va manfaatli hamkorlik sari boshlagan sabotli safarini ifoda etadi.
Bugun dunyo oʻzgarmoqda. Geosiyosiy notinchlik, iqtisodiy beqarorlik va xavf-xatarlar davrida davlatlar bir-biriga ishonch bilan yuzlanayotgani — kamyob hol. Oʻzbekiston esa ana shunday ishonchli hamkor, yangi zamonga munosib muloqot maydoni, tinchlik va taraqqiyot jarchilari uchun ochiq imkoniyatlar yurti sifatida koʻzga tashlanmoqda.
Soʻnggi sakkiz yil ichida mamlakatning tashqi siyosati dunyoqarash nuqtayi nazaridan ham, amaliyotda ham butunlay oʻzgardi: u endi ichki muammolarga berkilib qolgan emas, balki qoʻshnilar bilan uzoq muddatli, manfaatli munosabatlar qurishga, mintaqaviy va global miqyosdagi muammolarni hamjihatlikda hal etishga intilmoqda.
Ushbu siyosatning samarasini raqamlar ham tasdiqlaydi: sakkiz yilda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 3,5 barobardan ziyod oshib, qariyb 13 milliard dollarga yetdi.
Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti ham muntazam oʻsib bormoqda — 2024-yilda yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 115 mlrd dollarga, investitsiyalar hajmi 35 milliard dollarga, eksport 27 milliard dollarga yetdi. Bu hali boshlanishi, chunki mamlakat 2030-yilga borib ushbu koʻrsatkichni 200 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
Prezident Mirziyoyev har bir minbarda tinchlik, hamkorlik va inson qadri ustuvorligini targʻib qilib keladi. Uning tashabbuslari orqali Oʻzbekiston nafaqat investitsiya, balki ishonch, barqarorlik va insoniylik makoniga aylanmoqda.
Soʻnggi besh yilda mamlakatning xalqaro reytinglardagi natijalari yaxshilandi. Iqtisodiy erkinlik indeksida — 48 pogʻona, Garvardning Iqtisodiyot murakkabligi indeksida — 28 pogʻonaga koʻtarilish davlat toʻgʻri rakurs olganini koʻrsatadi.
Oʻzbekiston yetakchisining maqsadi aniq — Markaziy Osiyoni tinchlik va taraqqiyot makoniga aylantirish. Shuning uchun, barcha hamkorlarni nafaqat daromad keltiradigan, balki inson manfaatlari va jamiyat taraqqiyotini taʼminlashga xizmat qiladigan investitsiya muhitini yaratishga chaqirmoqda.
Oʻzbek diplomatiyasining yangi siyosati mana shunday ezgu gʻoyalar asosida qurilmoqda. Mamlakatga shunday yaxshi niyatda keladigan xorijiy investorlarga ham davlat barcha sharoitlarni yaratib beradi, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydi va buni kafolatlaydi.
Shu sababdan ham Toshkent endi geografik nuqta boʻlibgina qolmay, siyosiy muloqot, iqtisodiy sheriklik va madaniy hamjihatlik markaziga aylanmoqda.
Ushbu forumda yelkama-yelka kirib kelgan rahbarlar tasviri shunchaki surat emas, Oʻzbekistonning yangi diplomatik sahifasi, tinchlikka, taraqqiyotga va dunyo bilan barobar qadam bosishga intilgan xalqning tarixiy muhri boʻlib qoladi.
Lutfullo Tursunov, jurnalist



