So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Zomin texnoparkida ilk korxona ishga tushdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurib, Zomin texnoparki maxsus sanoat zonasini borib koʻrdi.
Bu majmua qurilishini oʻtgan yili 27-iyunda davlat rahbari boshlab bergan edi. 400 gektarda barpo etilayotgan texnoparkda xitoylik investorlar bilan birgalikda 1 milliard 200 million dollarlik 31 ta loyiha amalga oshiriladi.
Oʻtgan davrda zarur infratuzilma va inshootlar barpo etildi. Yaqinda ilk korxona - “Xinjiang Honglin Tiandi” kompaniyasi tomonidan qiymati 10 million dollarlik beton mahsulotlari tayyorlash loyihasi ishga tushirildi. 60 kishining bandligi taʼminlandi.
Ayni kunlarda 42 million dollarlik ikkinchi loyiha boʻyicha ishlar yakuniy bosqichda. Unda “Midea” brendi ostida yiliga 300 ming dona maishiy elektr texnikalari ishlab chiqariladi. 150 ta ish oʻrni ochiladi. Davlat rahbariga shu va navbatdagi loyihalar haqida axborot berildi.
Birinchi bosqichda maxsus sanoat zonasiga 9 ta loyiha joylashtirilgan. Bugungi kunda qariyb 300 million dollarlik yana 7 ta loyiha boʻyicha qurilish ishlari davom etmoqda. Ularda qurilish materiallari, konstruksiyalar, elektr texnikasi va kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi, logistika va trening markazi tashkil etiladi.
Umuman, sanoat zonasidagi barcha loyihalar natijasida qariyb 5 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi, 15 turdagi yangi mahsulot oʻzlashtirilib, 70 million dollarlik eksport salohiyati yaratiladi. Eng muhimi, 5 mingdan ortiq fuqaro ishli boʻladi.
Prezident investorlarga koʻmaklashib, loyihalarni tezlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Sanoat sohalariga mos mutaxassislar tayyorlash, yoshlar bandligini taʼminlash muhimligini taʼkidladi.