So`ngi yangiliklar
“Strongmen Games”: Kuchlilar aniqlandi
Turkiyadagi eng maftunkor yaxta manzillari
“Oʻzlaringizga yaxshi boʻlmaydi” – Oqdaryo hokimligi fermerlar pilla rejasini topshirishga majbur ekanligini aytgan “zam” hokimning harakatlarini oqlab chiqdi
Botir Zaripov noqonuniy holatlarning oldini olishni maqsad qilgan – Buxoro hokimligi munosabat bildirdi
“Nevaramning chet elda oʻqishi uchun qanday pul topsam deb uyqularim qochadi” – olmaliqlik faol “Umid” fondi yopilganidan ranjib, yangi taklif bilan chiqdi
Dunyo bilan barobar qadam…
“Antaliya Gambit”: Turk Riviyerasida hayajonli hikoya
Ona farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan
Botir Zaripov noqonuniy holatlarning oldini olishni maqsad qilgan – Buxoro hokimligi munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi tomonidan goʻyoki “xususiy bogʻchani buzib tashlash” kerakligi yuzasidan topshiriq berganligi haqidagi video tarqalib, keng muhokamaga sabab boʻlmoqda. Viloyat hokimligi holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.

Joriy yilning 22-may kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro shahridagi 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarining borishini koʻzdan kechirgan.
140 oʻringa moʻljallangan mazkur muassasa 1961-yilda qurilgan va hozirda taʼmirtalab holga kelib qolgan. Oʻtkazilgan xatlovga asosan mahalliy byudjet hisobidan zarur mablagʻlar ajratilib, bogʻchada kapital taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Oʻrganish chogʻida viloyat hokimi qurilish ishlarini jadallashtirish va qisqa muddatda yakunlash yuzasidan shahar hokimligi va soha masʼullariga topshiriqlar bergan.
Shuningdek, oʻrganish jarayonida Botir Zaripov davlat bogʻchasi hududi obodonlashtirilmaganligi, bogʻchaga tutash boʻlgan hududdan oʻzboshimchalik bilan egallangan umumiy ovqatlanish obyekti egasi tomonidan bogʻcha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona noqonuniy kirish-chiqish yoʻlagi ochilganligi, bundan tashqari bogʻcha hududining bir qismida yuqori kuchlanishli transformator atrofi temir panjara bilan oʻrab olinmaganligi yuzasidan eʼtirozlarini bildirgan.
Amaldagi qonunchilikka koʻra, viloyat hokimlari zimmasiga muassasalarning xavfsizligini taʼminlash, shu jumladan, hududlar atrofini oʻrash, ularga huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarni biriktirish, kuzatuv kameralari va yongʻinga qarshi signalizatsiya tizimlarini oʻrnatish choralarini koʻrish, shuningdek, muassasa hududining va koʻchmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda taʼminlash vazifalari yuklatilgan.
Videolavhada tilga olingan “buzib tashla” jumlasida aynan oʻsha bogʻcha hududida tegishli ruxsatlarsiz, xufyona, noqonuniy kirish-chiqish yoʻlagini bartaraf etilishi nazarda tutilgan.
Bunda, viloyat hokimi tomonidan 140 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilarini xavfsizligi, hamda yuz berishi mumkin boʻlgan turli noxush, noqonuniy holatlarni oldini olish — asosiy maqsad boʻlgan.
Ijtimoiy tarmoq faollari va foydalanuvchilari aynan shu jumlani “hokim xususiy bogʻchalarni buzib tashlash boʻyicha topshiriq berayapti” tarzida muhokama qilishmoqda. Bu esa mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Viloyatning boshqa shahar-tumanlaridagi maktabgacha taʼlim muassasalarida bu kabi holatlarni oʻrganish va zudlik bilan bartaraf etish maqsadida Buxoro shahar hokimining tegishli oʻrinbosariga “hayfsan” intizomiy chorasi qoʻllanilgan, noqonuniy yoʻlak bartaraf etilgan hamda oʻrganish olib borilgan 2-son davlat maktabgacha taʼlim taʼlim muassasasidagi jarayon tasvirga olinib, mutasaddilarga yuborilgan va shu tariqa keng tarqalgan.
“Shu oʻrinda alohida taʼkidlamoqchimiz, viloyatda qonun ustuvorligi taʼminlanadi, bironta noqonuniy buzilish qilinmaydi. Ushbu holatda viloyat hokimi tomonidan topshiriq berish paytida ayrim rahbarlarning masʼuliyatini oshirish uchun hissiyotli gapirishga toʻgʻri kelgan. Shu oʻrinda viloyat hokimligi matbuot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan, blogerlar bilan doimo hamkorlikka tayyorligini bildiradi”, deyiladi Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati munosabatida.



