So`ngi yangiliklar
Saida Mirziyoyevada yangi vakolatlar
Oʻzbekistonda dollar kursi yana pastladi
Qashqadaryoda daryoga choʻmilish uchun borgan ayollar choʻkib ketdi
Qoraqalpogʻistondagi tumanda jazirama sabab bogʻchalar yopildi
Antaliya sohillarida halokatga uchragan 2000-yillik kemadan noyob tarixiy ashyolar topildi
Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi toʻloviga cheklov o‘rnatiladi
Anqara “2026-yil Turk dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Hukumatining Gulnora Karimova boʻyicha rasmiy pozitsiyasi eʼlon qilindi
Saida Mirziyoyevada yangi vakolatlar
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga yangi vakolatlar berildi.

“Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga koʻra, endilikda Administratsiya rahbari:
⁃ Prezident maslahatchilari va boʻlinma rahbarlarining oʻrinbosarlarini tayinlaydi va ozod etadi, mazkur lavozimlarga avval tayinlangan mansabdorlarni lavozimidan ozod etadi;
⁃ Administratsiya xodimlari shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
⁃ mahalliy va xorijiy ekspertlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilishi mumkin;
⁃ xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazadi va salohiyatli kadrlarni tanlab oladi;
⁃ mutaxassislar uchun ish haqini milliy yoki chet el valyutasida belgilaydi;
⁃ xarajatlar smetasini va moddiy ragʻbatlantirishni mustaqil tasdiqlaydi.



