So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Qoraqalpogʻistondagi tumanda jazirama sabab bogʻchalar yopildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Xoʻjayli tumanida jazirama issiq sabab tuman xokimining buyrugʻi bilan bogʻchalar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman hokimining tegishli qarori bilan shu yilning 16−18-iyul kunlari ob-havoning 40 darajadan yuqori boʻlishi sababli tuman hududidagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha toʻxtatiladi.
Avvalroq “Oʻzgidromet” 17−19-iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilayotganini maʼlum qilgan edi.
Unga koʻra, 17-iyulda Respublika shimolida, janubida va choʻl hududlarida, 18-20-iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 44-45 darajagacha koʻtariladi.
Respublika boʻyicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.