So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi
Oʻzbekiston va Ozarboyjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 26-aprel kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston bilan Ozarboyjon oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Oʻtgan yil avgust oyida Ozarboyjon Prezidentining Oʻzbekistonga davlat tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari diqqat markazida boʻldi.
Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasida samarali ishlar olib borilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 20 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, toʻqimachilik, elektrotexnika, energetika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar faol bosqichga kirgan.
Birgalikda boy madaniy-gumanitar almashinuv dasturi amalga oshirilmoqda.
Joriy yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi sammitlarga puxta tayyorgarlik koʻrish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, hududlar va rektorlar forumlari, madaniy tadbirlarni oʻtkazish muhimligi qayd etildi.
Yetakchilar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak koʻp tomonlama, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.