So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Qashqadaryoda daryoga choʻmilish uchun borgan ayollar choʻkib ketdi
Qashqadaryoda choʻmilish uchun daryoga borgan 61 yoshli ikki ayol oqib ketib, vafot etdi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7-iyul kuni ikki nafar 1964-yilda tugʻilgan ayol choʻmilish maqsadida Oqdaryoning oʻng qirgʻogʻiga tushib choʻmilish chogʻida ularni oqim oqizib ketgan, oqibatda ayollar choʻkib ketib halok boʻlgan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, marhumalarning vafotiga nafas yoʻllarining suyuqlik bilan berkilishi sabab boʻlgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ularning oʻlimi yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent hududidan oqib oʻtuvchi Boʻrijar kanaliga ikki nafar qiz tushib ketgani va ularni qutqarish maqsadida kanalga tushgan fuqaroning oʻzi choʻkib ketgani haqidagi xabarlar keng tarqalgani va holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot bergani haqida xabar qilgan edik.