So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Prezidentga modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroportining imkoniyatlari haqida axborot berildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.
Hududdagi oʻzgarishlar “havo darvozasi”danoq koʻzga tashlanadi. Oʻzbekistonda transport tizimini rivojlantirish borasidagi ishlar doirasida Andijon xalqaro aeroporti ham modernizatsiya qilinmoqda. Tashrif chogʻida davlat rahbariga shu haqda axborot berildi.
Bu aeroport 1978-yilda qurilgan boʻlib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi. Uchish-qoʻnish yoʻlagining yuk koʻtarish qobiliyati pastligi, zamonaviy yoritish tizimining yoʻqligi sababli qatnovlarni qabul qilish imkoniyatlari cheklangandi.
Bugungi kunda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bitkazildi. Uzunligi 3 ming 300 metr, kengligi 60 metr boʻlgan yangi uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlagi va samolyotlar toʻxtash joyi qurildi. Drenaj tizimi yangilanib, yer osti suvi qochirildi. Shuningdek, bu yerda ikkinchi yurish yoʻlagi qurilishi davom ettirilib, IKAO CAT-II toifasidagi radar, meteorologiya va yoritish uskunalarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
Natijada Boeing, Airbus rusumidagi yirik samolyotlarni ham, noqulay ob-havo sharoiti va tungi vaqtlarda ham qabul qilish mumkin boʻladi. Bu kunlik parvozlar sonini 10 barobargacha oshirish imkonini beradi.
Endi, ikkinchi bosqichda yoʻlovchi terminalini yangidan qurish koʻzda tutilgan. Bu orqali yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish quvvati soatiga avvalgi 300 tadan 1000 taga, parvozlar soni yiliga 584 tadan 3 ming 700 taga ortadi. Bu Andijon shahri va Fargʻona vodiysiga qatnovlar sonini koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Faoliyatini qayta boshlagan mazkur aeroportda hozirda Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbari bu yerda samarali boshqaruvni yoʻlga qoʻyish, xizmatlarni arzon qilib, mahalliy va xalqaro parvozlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Umuman, Oʻzbekistonda aeroportlarni modernizatsiya qilish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan yillarda Samarqand, Termiz, Urganch, Shahrisabz, Moʻynoq, Qoʻqon va Zomin aeroportlari yangilandi. Yana bir qator viloyatlarda modernizatsiya jarayonlari davom etmoqda.