So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“U hech qachon unutilmaydi” — Ronaldu Pelening oʻlimiga munosabat bildirdi
Portugaliyalik futbolchi futbol qiroli bilan xayrlashdi .
Hujumchi Krishtianu Ronaldu Pele vafot etganidan soʻng, Instagram sahifasida post eʼlon qildi.
“Abadiy qirol Pele bilan oddiy “vidolashuv” butun futbol olamini qamrab olgan dardni ifodalash uchun hech qachon yetarli boʻlmaydi. U Millionlar uchun ilhom bahsh etgan edi.
Uning menga doimo koʻrsatgan mehr-muhabbati masofadan turib ham sezilib turar edi. Uning xotirasi har birimiz, futbol muxlislarida mangu saqlanib qoladi. Joyingiz jannatda boʻlsin Pele”, - deb yozdi Ronaldu.
Joriy yilning 20-dekabr kuni Pelening qizi uning shifoxonada ahvoli ogʻirligini maʼlum qilgandi. Pele ichaklari, jigari va oʻpkasida oʻsmalar paydo boʻlgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Ammo bu muolajalar unga foyda bermagan.
Qayd etish joiz, Edson Arantes 2021-yil sentyabr oyida yoʻgʻon ichakdagi oʻsimtani olib tashlash boʻyicha operatsiya qilingandi, 2022-yilda esa uchta xavfli oʻsma va siydik yoʻllari infeksiyasini davolash uchun ikki marta shifoxonaga yotqizilgandi.
Maʼlumot uchun, Pele (haqiqiy ismi – Edson Arantis do Nasimento) —1956-1977-yillarda Braziliyaning “Santos” va Amerikaning “Nyu-York Kosmos” klublari tarkibida professional darajada oʻynagan, “Santos” bilan birgalikda besh karra chempion boʻlgan. Braziliya kubogi, har biri ikki marta Libertadores kubogi va qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritdi.
Braziliya terma jamoasi tarkibida Pele futbolchi sifatida yagona uch karra jahon chempioniga aylandi (1958, 1962, 1970). U Ginneslar rekordi kitobiga eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida kiritilgan (1279 ta gol).