So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Futbol qiroli Pele 82 yoshida olamdan oʻtdi
Pele ichaklari, jigari va oʻpkasida oʻsmalar paydo boʻlgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Ammo bu muolajalar unga foyda bermagan.

Uch karra jahon chempioni boʻlgan yagona futbolchi, XX asrning eng yaxshi futbolchisi qisqa qilib aytganda “futbol qiroli” Pele 82 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda uning qizi Instagram sahifasida maʼlum qildi.
“Biz sizni cheksiz sevamiz. Joyingiz jannatda boʻlsin”, — deb post qoldirgan u.
Pele San-Paulu shifoxonasiga shoshilinch yotqizilgandi. Uning tanasida koʻplab shish va yurak yetishmovchiligi aniqlangan. 20-dekabr kuni futbolchining qizi uning shifoxonada ahvoli ogʻirligini maʼlum qilgandi.
Pele ichaklari, jigari va oʻpkasida oʻsmalar paydo boʻlgani tufayli bir necha oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Ammo bu muolajalar unga foyda bermagan.
Qayd etish joiz, Edson Arantes 2021-yil sentyabr oyida yoʻgʻon ichakdagi oʻsimtani olib tashlash boʻyicha operatsiya qilingandi, 2022-yilda esa uchta xavfli oʻsma va siydik yoʻllari infeksiyasini davolash uchun ikki marta shifoxonaga yotqizilgandi.
Maʼlumot uchun,Pele (haqiqiy ismi – Edson Arantis do Nasimento) 1956-1977-yillarda Braziliyaning “Santos” va Amerikaning “Nyu-York Kosmos” klublari tarkibida professional darajada oʻynagan, “Santos” bilan birgalikda besh karra chempion boʻlgan. Braziliya kubogi, har biri ikki marta Libertadores kubogi va qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritdi.
Braziliya terma jamoasi tarkibida Pele futbolchi sifatida yagona uch karra jahon chempioniga aylandi (1958, 1962, 1970). U Ginneslar rekordi kitobiga eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida kiritilgan (1279 ta gol).



