Qidirish

16:11 / 2022-12-27 135 0 Biznes

“Oʻzbekneftgaz”: Birja savdolari orqali 27-dekabr kuni 4210 tonna AI-80 markali avtobenzin sotuvga qoʻyildi

2022-yil 26-dekabr kuni 4,2 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi, shu jumladan 3,2 ming tonna Buxoro va 1,0 ming tonna Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida.

world-news

Joriy kuni 4210 tonna AI-80 avtobenzin (Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 3200 tonna, “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK 1010 tonna) birja savdolariga qoʻyilib, sotildi. Bunda, har bir tonna Buxoro neftni qayta ishlash zavodidan qoʻyilgan avtobenzin uchun narx 6295 ming soʻmdan, “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XKdan esa 6263 ming soʻmdan shakllandi.

Joriy oyning 27-dekabr kuni birja savdolarida jami 4395 tonna AI-80 avtobenzin sotilishi rejalashtirildi, shundan Buxoro Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan 3200 tonna va “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK tomonidan 1195 tonna.

Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan Ai-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan.

Joriy oy davomida neft bazalarga jami 80194 tonna, jumladan 26-dekabr kuni 2952 tonna Ai-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.

2022-yil 26-dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 5365 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 283 tonna, Toshkent shahri va viloyatida 2552 tonna, Andijonda 79 tonna, Buxoroda
256 tonna, Jizzaxda 99 tonna, Qashqadaryoda 260 tonna, Navoiyda 290 tonna, Namanganda 301 tonna, Samarqandda 277 tonna, Surxondaryoda 329 tonna, Sirdaryoda 195 tonna, Fargʻonada 69 tonna va Xorazm viloyatida 360 tonna.

Neftni qayta ishlash zavodlarida 73,0 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan, jumladan Buxoro zavodida 64,0 ming tonna va Fargʻona zavodida 9,0 ming tonna.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Fikr bildirish