So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekistonda “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Maʼlumki, qonunlar har bir davlatchilik miqyosida muhim oʻrin egallaydi. Qonunlar jamiyat uchun xizmat qilishi zarur va barcha fuqarolar qununga amal qilmogʻi lozim. Shundagina jamiyatda qonun ustuvorligi taʼminlagan hisoblanib, bu davlat dunyo hamjamiyatida oʻz oʻrniga ega boʻladi.
Davlat va jamiyat taraqqiyotini koʻzlagan holda ayrim qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib boriladi. Shunday qonunlarimizdan biri Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-303-son). Bu qonun 2012-yil 16-oktabrda qabul qilingan. Qonun 24 moddadan iborat boʻlib, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha geografik obyektlarni nomlash hamda qayta nomlash qoidalarini oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunga 2022-yil 2-noyabrda (OʻRQ-799-son) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Yangi tahrirga koʻra:
Qonunning 4-moddasiga qoʻshimcha ravishda 41 – modda kiritildi. Unda Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olish zarur ekanligi,
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mahalliy aholining fikri hisobga olinishi,
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni kelib tushganidan keyin muhokama qilis uchun ularni besh ish kunidan kechiktirmay oʻz rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi,
Takliflarning muhokamasini oʻtkazish muddati geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerakligi,
Mahalliy aholi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan oʻz fikrini ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoa boʻlib bildirishi mumkin. Bunda shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi,
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarga nisbatan aholidan kelib tushgan fikrlarni umumlashtiradi hamda bu fikrlarni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tegishli komissiyaga kiritadi, mazkur komissiya xulosa tayyorlash chogʻida bu fikrlarni hisobga olishi koʻrsatib oʻtildi.
Qonunning 10-moddasiga qoʻshimcha ravishda 101 – moddasi kiritildi. Unda aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shoh koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) ayrim odamlar, jamoat arboblari, siyosiy arboblar ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida hamda qoida tariqasida nomlanishi mavjud boʻlmagan obyektlarga nisbatan amalga oshirilishi belgilandi.
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shoh koʻchalar, koʻchalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlarga) nom berish va ularni nomlarini oʻzgartirish, taklif etilayotgan nomning qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtayi nazaridan davlat ekspertizasidan oʻtkazilgandan soʻng xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qaror qabul qilish belgilanmoqda, bu bilan nom berishdagi takrorlanishlar va qonun talabiga javob bermaydigan nomlar bilan geografik obyektlarni nomlashning oldi olinadi.
Qonunga oʻzgartirish kiritilishi hozirgi globallashuv jarayonida har bir geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash jarayonlarini fuqarolarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda amalga oshirish, undan tashqari, manzillarning aniqligi va qisqa muddat ichida joy nomlarining tez-tez oʻzgarishi natijasida yuzaga keladigan chalkashliklarning oldi olinadi. Bu esa yurtimiz aholisi hamda chet davlatlardan turli maqsadda tashrif buyuruvchi fuqarolar uchun izlagan manzillariga qulay hamda tez yetib borishlariga xizmat qiladi.